Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Prevyu. «Olimpik» – «Navbahor»

Prevyu. «Olimpik» – «Navbahor»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Coca Cola Superligasining kechiktirilgan 10-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” safarda Toshkentning “Olimpik” jamoasi bilan to‘qnash keladi.

Mazkur jamoa Superliganing yangi a’zosi bo‘lganligi, “lochinlar” bilan milliy chempionatimiz bahslarida ilk bor to‘qnash kelayotganligi bois, "olimpiyachilar" borasida batafsil to‘xtalib o‘tishni ma’qul deb topdik.

“Olimpik” 2021 yilda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) va O‘zbekiston Futbol assosiasiyasi (O‘FA) tashabbusi bilan 2024 yil Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlariga puxta hozirlik olib borish maqsadida, olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilardan tuzildi va o‘tgan mavsumda Pro-ligada ishtirok etib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda Superligaga o‘tish bahsida Muborakning “Mash’al” klubini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, joriy mavsumdan Superligada qatnashmoqda.

Ayni paytda “Olimpik” tarkibida 2001 va 2002 yillarda tavallud topgan futbolchilar to‘p tepishmoqda. Jamoani esa yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilaridan biri bo‘lgan Temur Kapadze boshqarmoqda.

“Olimpik” jamoasining chempionatdagi asosiy maqsadi – futbolchilarni shakllantirish, yangi nomlarni kashf qilish, yosh iste’dodlarga zarur o‘yin amaliyotini taqdim etishdan iborat. Rejaga ko‘ra, mazkur jamoa har yili o‘z yosh toifalarida qit’a musobaqalarida ishtirok etib, tajriba orttirishi ko‘zda tutilgan.

Xabaringiz bor, yaqinda yurtimizda bo‘lib o‘tgan U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston U-23 termasi tarkibi o‘zagini “Olimpik” futbolchilari tashkil etishdi hamda U-23 terma jamoamiz finalga qadar yetib borib, vise-chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Mazkur musobaqada mahoratlarini oshirgan yigitlar 2023-2024 yillarda Parij Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqalarda ishtirok etishadi.

Qayd etish joiz, aynan 2001 hamda 2002 yillarda tavallud topgan futbolchilar 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishlari mumkin.

O‘zbekiston U-23 olimpiya termasi 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionati musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yarim finalga qadar yetib borsa, yurtimiz tarixida ilk bor Olimpiada yo‘llanmasi qo‘lga kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Olimpik” – “Navbahor” uchrashuvi 5 iyul kuni Toshkentdagi “Lokomotiv” stadionida soat 20:00 da start oladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:05, 04.07.2022.
O'qildi: 1289 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.