Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Son Hyong Min: Bolalikdagi mashaqqatdan yaralgan huzur

Son Hyong Min: Bolalikdagi mashaqqatdan yaralgan huzur

Baho:
+ | -

«Tottenxem» forvardi Son Xyong Minning otasi Son Von Jun o‘g‘lining o‘yini haqida fikr bildirdi - lekin APLning eng yaxshi to‘purari maqtov eshitmadi.

«U yanada ko‘proq ishlashi va katta o‘sishga erishishi kerak, - dedi katta Son. - Agar o‘g‘lim hozir erishgan natijalaridan qoniqsa, bu inqiroz yaqin kelganini anglatadi. U yaxshi formada bo‘lish uchun yanada yaxshiroq o‘ynashi lozim, to‘g‘rimi? Har doim uning hozirgi holatidan qoniqmay, yana 10 foiz yaxshiroq bo‘lishini istayman. U jahonning top-klublaridan birida muhim rol o‘ynashi kerak. Shundagina dunyo darajasidagi o‘yinchiga aylanadi. Avval ham aytganimdek, o‘g‘lim ushbu maqsadni amalga oshirishi uchun har taraflama 10 foizga yaxshiroq bo‘lishi lozim».

Otadan shunday fikr yangrashini kutganmidingiz? Axir «Tottenxem» hujumchisi Premyer-ligada 23ta gol urib, «Oltin butsa»ni Saloh bilan baham ko‘rdi. Ammo bunday qattiqqo‘llik katta Songa xos.

*** Son Vun Jun - Janubiy Koreyada yuqori saviyada to‘p surgan sobiq futbolchi. Butsalarini mixga ilgach, farzandlarini o‘zi shug‘ullantirdi. U juda talabchan edi. «Otam qattiqqo‘l murabbiy bo‘lganmi? Ha, albatta. Undan qo‘rqardim, - deydi Son tabassum bilan. - U har doim menga nima kerakligi haqida o‘ylardi. Barchasini men uchun qilgan. Usiz hozirgi holatimga yetolmasdim. Futbolchi sifatida tez-tez yordamga ehtiyoj sezaman. Yaxshi murabbiy bilan ishlash muhim, omad ham kerak bo‘ladi. Menda esa hammasi bor».

*** «U to‘rt soat davomida ukam ikkimizga to‘p teptirardi, - deya eslaydi Son. - Taxminan uch soatlardan so‘ng to‘p ko‘zimga uchta bo‘lib ko‘rinardi, (ko‘zga qon to‘planishi natijasida) pol qizg‘ish tus olgandek tuyulardi. Juda charchardim, otamga esa bu yoqmasdi. O‘ylashimcha, bu (bolalikdagi) eng esda qolarli voqea bo‘lgan, to‘planganimizda, o‘sha onlarni tez-tez yodga olamiz. To‘rt soat davomida to‘pni havoda ushlab, yerga tushirmaslik... juda qiyin, to‘g‘rimi?».

Son 10-12 yasharligida otasi uning bolalar jamoasida ham ishlagan. «O‘sha kezlari barchamizga 40 daqiqa davomida to‘pni yerga tushirmay tepish mashqini o‘tkazardi. Kimdir to‘pni yerga tushirib yuborsa, otam indamasdi, lekin men shunday xatoga yo‘l qo‘ysam, hamma qaytadan boshlashini talab qilardi. Futbolchilar uning o‘g‘li bo‘lganim uchun shunday qilayotganini sezishardi, bu juda og‘ir edi. Lekin hozir shu haqda o‘ylasam, otam to‘g‘ri yo‘l tutganini his qilaman», - deydi janubiy koreyalik futbolchi.

*** Katta Son o‘g‘lining bolalik davridanoq uning uchun maxsus mashg‘ulotlar ishlab chiqqandi. Avvaliga ular asosan bazaviy ko‘nikmalar ustida ishlashdi, keyin esa Son o‘rta maktabga qatnay boshlagach, otasi muttasil ishlab, to‘pni chap oyog‘ida tepishni talab qilgan. «Tottenxem» hujumchisi 18 yoshga to‘lganida, zarba bo‘yicha ishlay boshladi - mashg‘ulot payti muayyan jarima nuqtalaridan turib, har ikki oyog‘ida 500 martadan tepdi. Ehtimol, hozirda Sonni ikki oyoqda ideal o‘yin ko‘rsatadigan futbolchi sifatida e’tirof etilishiga aynan shu talablar sabab bo‘lgandir? Tan oling, uning asosan zarba yo‘llaydigan oyog‘i chapmi yoki o‘ngligini siz ham aniq aytolmaysiz.

*** Futbol tarbiyasidagi muhim jihat - hurmat. Songa ham buni bolaligidan uqtirishgan. «Otam kichkinaligimdan har doim aytardi, agar darvoza tomon ketayotganimda raqib jarohat olsa, to‘pni chetga tepib, o‘sha futbolchiga yordamlashishim kerak. Agar sen yaxshi o‘yinchi bo‘lsang-u, bosh-qalarni hurmat qilmasang, hech kim emassan. Otam hozir ham buni menga takror aytadi, - deydi Son. - Ba’zan buni uddalash oson kechmaydi, lekin biz avvalambor inson, keyin esa futbolchimiz. Bir-birimizni hurmat qilishimiz kerak. Maydondami, uning tash-qarisidami, ahamiyatsiz».

*** O‘tmishda Son koreyalik pop-yulduzlar, ayol xonandalar - Ban Min A va Yu So-YUn bilan uchrashib yurgan, lekin u hozir yolg‘iz. Aftidan, bu holat uzoq davom etadigandek. Otasining tavsiyasiga ko‘ra, Son futbolchilik faoliyatini yakunlamaguncha uylanmoqchi emas: «Otamning fikriga qo‘shilaman. Uylanganing­dan keyin oila birinchi darajaga chiqadi, rafiqa va farzandlar, ke-yin esa futbol. Men uchun top-darajada o‘ynayotganimda, futbol birinchi raqamda bo‘lishi muhim. Faoliyatimni yakunlaganimdan keyin yoki deylik, 33-34 yoshda oilaviy hayot qurish uchun hali ko‘p vaqt bo‘ladi».

*** Tushunish kerakki, Janubiy Koreyada ota-onaning so‘zi farzandlar uchun qonun hisoblanadi. «Evropa va Osiyoda qarashlar farqli. Odamlar «Nega u ota-onasi bilan yashaydi?» deb o‘ylashlari mumkin. Lekin bu yerda gap mendamas. Futbol o‘ynashimga kim ko‘maklashdi? Ota-onam. Ular hayotlarini qurbon qilib, menga yordam berish uchun bu yerga kelishdi. Endi ularga shunga yarasha javob qaytarishim kerak, - deydi Son. - Hozirgi darajamga chiqishim uchun yaratilgan har bir imkoniyat uchun ota-onamdan bag‘oyat minnatdorman».

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:31, 04.07.2022.
O'qildi: 3854 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.