Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Luisma Ernandes: "Jamoa tarkibini kuchaytirish yo‘lida ishlaymiz"

Luisma Ernandes: "Jamoa tarkibini kuchaytirish yo‘lida ishlaymiz"

Baho:
+ | -

Superliganing qoldirilgan 5-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Paxtakor" (0:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Albatta o‘yinning birinchi bo‘limida nazoratga ega bo‘ldik. Faqat ikkinchi bo‘limda individual xatolar evaziga gollar qo‘yib yubordik. Ikkinchi bo‘limda bizda ham vaziyatlar bo‘ldi, biroq foydalana olmadik.

"Paxtakor"ga qarshi biz himoyaviy va jipslashgan xolatdagi o‘yin uslubini reja qilgan edik. Bizda ham vaziyatlar bo‘ldi, yuqorida aytganimdek, foydalana bilmadik. Ba’zi vaziyatlarda qisqa uzatmalar orqali ham o‘yin tashkil etdik.

"Paxtakor"ga qarshi o‘yinda yetakchi futbolchilarimizning yo‘qligi yaqqol sezildi. Masalan, Aliqulov va Otaxonov maydonga tusha olmaganliklari jamoamiz o‘yinining sifatli chiqmaganiga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari Farrux Ibragimov ham jarohat oldi, shu sabab o‘yin davomida himoya chizig‘imiz bir oz kuchsizdek ko‘rindi. Lekin "Paxtakor" ham O‘zbekistondagi eng kuchli jamoalardan biri ekanini unutmaslik kerak. Ular bugun o‘z ishlarini a’lo darajada bajarishdi.

Bugungi o‘yindan so‘ng 2-3 kun dam olamiz. Keyin yana yig‘inga kirishib, transferlar oynasi vaqtida tarkibga yangi futbolchilarni jalb etish ustida ishlaymiz.

Albatta, yuqorida aytganimdek, birinchi gol noqulay vaziyatda urildi. Ikkinchi gol esa yaqqol himoyachilarning xatosi evaziga yuzaga keldi. Umuman aytganda, darvozabonlarimiz ko‘rsatayotgan o‘yinlardan mamnunman", — dedi Luisma.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 05:41, 05.07.2022.
O'qildi: 1531 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик