Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona
11/05 16:30 Fulhem - Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka - Las-Palmas
11/05 19:00 Vulverhempton - Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut - Brentford
11/05 19:00 Everton - Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl - Brayton
11/05 19:00 Tottenhem - Byornli
11/05 19:00 Vest Xem - Luton
11/05 19:15 Vilyarreal - Sevilya
11/05 21:00 Napoli - Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest - Chelsi
11/05 21:30 Granada - Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna

Gvardiolaning yangi "jangchisi". Fillips "Manchester Siti"ning YECHLni yutishiga yordam bera oladimi?

Gvardiolaning yangi "jangchisi". Fillips "Manchester Siti"ning YECHLni yutishiga yordam bera oladimi?

Baho:
+ | -

 Dushanba kuni Gabriel Jezus rasman "Arsenal"ga o‘tdi, "Manchester Siti" esa Kelvin Fillips bilan shartnoma imzolaganini tasdiqladi. Ikki kelishuv media ma’nosida bog‘langan: barcha klublarning media xizmatlari imkon qadar salbiy xabarlarni mutlaqo ijobiy xabarlar bilan ulab yuborishni istashadi. Bunday holda, “shaharliklar” auditoriyasi Jezusning ketishi tufayli xafa bo‘lishga ulgurmadi, chunki ular darhol Fillipsning jamoaga kelganini e’lon qilishdi.

Bundan tashqari, Jezusning sotilishi va Fillipsning sotib olinishi o‘rtasidagi holatni ham ko‘rish mumkin: birinchisida ular 45 million funt sterling olishgan, ikkinchisida esa “Lids”ga xuddi shunday miqdorda pul to‘lashgan. Yana shuni qo‘shimcha qilish kerakki, Kelvin "Manchester Siti" bilan olti yillik shartnoma imzoladi.

Fillips "Citi"da Fernandinyo o‘rnini egalladi

Agar OAV va tijorat nuqtai nazaridan Fillipsning transferi Gabriel Jezusning ketishi bilan bog‘liq bo‘lsa, futbol ma’nosida Kelvin Angliya chempionida boshqa braziliyalik Fernandinyoning o‘rniga chaqiriladi. 9 yil davomida "Manchester Siti"ga sodiqlik bilan xizmat qilgan 37 yoshli yarim himoyachi "Atletiko Paranayense"ga erkin agent sifatida ketmoqda. "shaharliklar" yarim himoyada paydo bo‘lgan bo‘sh joyni Angliya termasi yarim himoyachisi bilan to‘ldirishga qaror qilishdi.

Aytgancha, Kelvin “Uch sherlar” safida 23 ta o‘yin o‘tkazgan va bu uning butun xalqaro tajribasi, chunki u “Lids” bilan yevrokuboklarda o‘ynamagan. Bundan tashqari, Filips sakkiz mavsumning oltitasini o‘z klubida chempionship musobqasida o‘tkazgan, u faqat so‘nggi ikki yil davomida Premyer-ligada o‘ynagan edi. 2020/21 yilgi mavsum yaxshi o‘tdi, Kelvin sentyabr oyida Angliya terma jamoasi safida debyut qilgan va yozda Garet Sautgeyt jamoasi finalga chiqqan Yevro-2020 musobaqasida ishtirok etgan.

Ammo so‘nggi mavsumda Fillips Premyer-liganing atigi 20 ta o‘yinida qatnashdi, dekabr oyining boshidan mart oyining o‘rtalariga qadar, tizzasidan olgan jarohati tufayli maydonga tushmadi. U eng yuqori darajadagi debyut mavsumida ikki bor jarohat olgan edi, ammo chempionatda birorta o‘yin vaqtida lazaretda bo‘lmagan. Yoki u yoshi o‘tgan sayin jarohatlarga moyil bo‘lib qoldi, yoki Premyer-ligaga o‘tgandan so‘ng kuchli raqiblar va mas’uliyat ta’sir qildi, ammo haqiqat: "shaharliklar"ga yangi kelgan futbolchi so‘nggi ikki yildagi jarohatlari tufayli jami olti oyni o‘tkazib yuborgan.

Angliyada uzoq vaqtdan beri an’ana bor: uyalmasdan mahalliy futbolchilarni haddan tashqari yulduz darajasida qabul qilish. Misol uchun o‘tgan yozda "Manchester Siti" Grilishni 100 million funt sterlingga sotib oldi va Jek "Etihad"dagi debyut mavsumida Premyer-ligada 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi, garchi "Aston Villa"dagi so‘nggi mavsumida statistikasi ancha yaxshi bo‘lgan edi(6+12).

Albatta, bu Jekning shaxsiy muvaffaqiyatsizligi edi. Jek shuningdek, “qora mehnat” va yelkama-elka kurashlarni hushlamaydi. Fillips bu borada ancha bararor. Kelvin mashaqqatli mehnat va jangovar futbolchi.

Fillips Rodri bilan raqobatlashishga tayyor bo‘lishi kerak

Grilish bilan ko‘rganimizdek, hatto 100 million funt sterlinglik o‘yinchi ham "Manchester Siti"da muntazam o‘yin o‘tkazishi kafolatlanmagan. Jek mavsumni rotasiya o‘yinchisi sifatida o‘tkazdi: u 22 marta maydonga tushdi, yana to‘rtta o‘yinda Gvardiola uni zaxiraga olgan. Kelvin Fillipsning ham hech qanday kafolatlari yo‘qligi aniq, bundan tashqari, u dastlab Rodrining o‘rinbosari bo‘lishi deyarli aniq. Aytgancha, ispaniyalik futbolchi APL o‘yinlarida Joau Kanselodan keyin o‘yin daqiqalari soni bo‘yicha ikkinchi bo‘ldi: 33 o‘yin, 2887 daqiqa.

To‘g‘ri, bu Gvardiolaning o‘zi yoqtirganidek, tayanch yarim himoyachisi pozisiyasiga ikki nafardan ko‘proq teng kuchli nomzod yo‘qligidan dalolat beradi, shuning uchun ispaniyalik ko‘p o‘yin o‘tkazdi. Pep rotasiyani yaxshi ko‘radi, o‘z g‘oyalarini maydonda ajoyib tarzda amalga oshirish uchun tazelik kerak, shuning uchun Fillips o‘z o‘yin vaqtini albatta oladi, ammo Rodri muhim uchrashuvlarda o‘ynaydi. Agar Kelvin o‘zini zo‘r ko‘rsata olsa va jarohatlardan qochishga muvaffaq bo‘lsa, u ispaniyalik hamkasbining o‘rnini egallash imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Biroq, bu ikki yarim himoyachi bir-biriga o‘xshash futbolchilar emas: Rodri to‘p bilan yaxshiroq, Fillips esa to‘psiz. Gvardiola tarkib tanlashda asosan shunga e’tibor bersa kerak. "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tgan o‘yinda "Real" Chempionlar Ligasi yarim finalida ajoyib kambek qilganida, "Man Siti" jarima maydoni atrofida raqibini "tishlab" oladigan “yovuz” va to‘xtamydigan yarim himoyachi yetishmadi. Fillips aynan shunday o‘yinchi vazifasini bajaradi. Premyer-ligada "shaharliklar" kamdan-kam hollarda bunday vaziyatlarga duch kelishadi, shuning uchun biz Kelvinni Chempionlar ligasida orzu qilingan g‘alabani yaqinlashtirishi kerak bo‘lgan jangchi deb ataymiz.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:52, 05.07.2022.
O'qildi: 2024 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.