Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Samvel Babayan: “Jadvalda peshqadam ekanimizga kelsak, bu albatta xursand qiladi”

Samvel Babayan: “Jadvalda peshqadam ekanimizga kelsak, bu albatta xursand qiladi”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superliga 10-turidan o‘rin olgan “Olimpik” – “Navbahor” (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida namanganliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Samvel Vyacheslavovich o‘z so‘zini odatdagidek o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- O‘yin borasida to‘xtaladian bo‘lsam, ilk daqiqalardayoq gol urib, dastlabki 15 daqiqada bir qator vaziyatlar yaratdik. Ammo ulardan foydalana olmadik.O‘z o‘rnida raqib o‘yinini ham e’tirof etish lozim. Yosh yigitlar bosimsiz, mazza qilib futbol o‘ynashmoqda. G‘alaba bizga ko‘proq kerak va o‘yinni boshqarishimiz lozim edi. Ammo buning iloji bo‘lmadi. Hali ustida ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlar yetarlicha. Ba’zan o‘yinning borishini nazoratdan chiqarib qo‘ymoqdamiz.

- Nurillo To‘xtasinovning o‘yinidan qoniqish hoil qilmayotganligingiz va davralar oralig‘idagi tanaffusda To‘xtasinovni qo‘yib yuborishga tayyor ekanligingiz haqida mish-mishlar yuribdi.Bunga qanday munosabat bildira olasiz?

- Bunday gap bo‘lmagan. To‘xtasinov boshlang‘ich va asosiy tarkib o‘yinchisi. U bizning ikkinchi davradagi rejalarimiz tarkibiga kiradi.

- Oxirgi daqiqalarda “Navbahor”ning hujumi susaydi. Bu charchoq bilan bog‘liqmi?

- Aslida hujumlar uyushtirdik. Ammo yaxshi vaziyatlar yarata olmadik. Ikkinchi bo‘limda birinchisidagidan ko‘ra, kamroq vaziyatlar yaratdik. Hujum qilishga raqib jamoadan ko‘ra, shogirdlarim ko‘proq harakat qilishdi. Ammo vaziyatlarni yuzaga keltira olishmadi.

- AGMK bilan o‘yindan keyin Azimjon Ahmedov jamoa bilan xayrlashganmidi?

-Nima uchun hamma o‘yinchilarimizning xayrlashgani, jamoadan ketayotgani haqida gapiryapti? Ikkala futbolchi ham “Navbahor” a’zosi hisoblanadi. Bizning ikkinchi davradagi rejalarimizda Ahmedov ham, To‘xtasinov ham bor. Azimjonning futbolkasini muxlislarga taqdim qilgani emosiya natijasida kelib chiqdi. AGMKga qarshi kechgan bahsda Ahmedov zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shdi. Bu esa futbolchining hissiyotlarga berilishiga sabab bo‘ldi. Bunaqasi bo‘lib turadi. Zaxiramizda futbolkalar yetarlicha bor (kuladi).

- “Navbahor” birinchi davrani peshqadam sifatida yakunladi. Jamoaning o‘yinidan qanchalik ko‘nglingiz to‘ldi?

- Albatta, ko‘proq ochkolar jamg‘arishni istagandik. Ochko yo‘qotgan o‘yinlarimizda ham juda ko‘p imkoniyatlar yaratgandik. 25 ochko albatta kam. Ammo bu haqiqiy reallik. “Navbahor” yangitdan qurilmoqda. Tarkib deyarli 70-80 foizga yangilandi. Oldimizda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan katta ishlar turibdi. Jamoada yetarlicha potensialga ega. Ta’kidlaganimdek, o‘yinni boshqarish va hujumda tajovuzkor o‘ynash borasida ishlashimiz kerak. Jadvalda peshqadam ekanimizga kelsak, bu albatta xursand qiladi. Himoya chizig‘imiz ham ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda. O‘tkazib yuborilgan gollar borasida ham eng yaxshi natijalardan biri bizga tegishli. Vaziyatlardan foydalanish borasida esa muammolar yetarli.

- “Navbahor” o‘z tarkibiga Diyor Turopovni qo‘shib oldi. Jamoada yana qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

- Biz Diyor Turopovni jamoamiz a’zosi sifatida rasman e’lon qilganimizdan so‘nggina, u “Navbahor” futbolchisiga aylanadi. Albatta, hozirda bir necha o‘yinchilar bilan muzokaralar ketmoqda. Biroq, jamoamizning hozirgi tarkibida ham kuchli o‘yinchilar yetarlicha. Ikkinchi davrada tarkibga unchalik ham ko‘p futbolchi qo‘shilmaydi. Asosiy e’tibor birinchi davradagi o‘yinchilarga qaratiladi.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 04:48, 06.07.2022.
O'qildi: 1405 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.