Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Timur Kapadze: “Olimpik” albatta chempionlik kurashiga ta’sir o‘tkazishga harakat qiladi”

Timur Kapadze: “Olimpik” albatta chempionlik kurashiga ta’sir o‘tkazishga harakat qiladi”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superliga 10-turidan o‘rin olgan “Olimpik” – “Navbahor” (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. “Olimpiyachilar” ustozi o‘z so‘zini odatdagidek o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Albatta, o‘yin yaxshi bo‘ldi. Muxlislar yaxshi darajadagi futbol ko‘rishdi. Menimcha, shogirdlarim bugun g‘alabaga loyiq edi. Nafaqat bugun, umuman olganda ham yigitlarim har bir bahsda yaxshi harakat qilishmoqda. Vaziyatlardan foydalanish borasida ba’zi vaziyatlarda yoshlik qilishyapti. Buni ham tushunaman. Bu tajriba bilan bog‘liq. Eng muhimi har bir o‘yinda o‘zimizga kerakli narsani olyapmiz. Yigitlar har bir o‘yinda tajriba to‘plashmoqda, o‘sishmoqda. Bu albatta quvonarli narsa. “Navbahor” ham kuchli jamoa. Buni hamma bilib turibdi. Grand jamoalarga qarshi kechadigan bellashuvlar futbolchilarimizni tekshirib olish uchun yaxshi imkoniyat hisoblanadi. Bugun har bir vaziyatda yigitlar yaxshi harakat qilishdi.

- “Olimpik” deyarli barcha grandlardan ochko olishni uddalayapti. Bu ishtiyoq bilan bog‘liqmi?

- Albatta, bunday jamoalarga qarshi bo‘ladigan o‘yinlarda shogirdlarimga ortiqcha motivasiya berish ham shart emas. Yigitlar ham bu jamoalar qanday kuchga ega ekanliklarini yaxshi bilishadi. Nisbatan pastdagi jamoalar himoyaviy o‘yin ko‘rsatishadi va ikkinchi raqamda o‘ynashadi. Shu sabab ham ularga qarshi qiynalamiz. Bizga esa ochiq futbol qulay. O‘yinchilarimizning tezligi yuqori. Shuning uchun ham ko‘rib turganingizdek chiroyli o‘yinlar kuzatilmoqda.

- U-23 Osiyo kubogida porlagan Ruslanbek Jiyanovda qandaydir pasayish sezilmayaptimi?

- Unda ozgina jarohat bor. Ushbu jarohat unga yuz foiz kuch bilan harakat qilishga qarshilik ko‘rsatmoqda. Ushbu jarohatga qaramay, Ruslanbek yaxshi yugura olyapti. Tez orada u yaxshi harakat qilishni boshlaydi. Uning imkoniyatini yaxshi bilamiz.

- “Olimpik” bugun ikki ochko yo‘qotdimi?

- Fikrimcha, bizda imkoniyatlar ko‘proq bo‘ldi. O‘tkir Yusupov bekorga milliy terma jamoaga chaqirilmayapti. Bir necha vaziyatlarda aynan u jamoasini qutqardi. Menimcha, bizda bugun vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Imkoniyatdan foydalanmaganimiz sababli, durang qayd etdik. Gol urganimizda balki g‘alaba qozonardik. Eng asosiysi yigitlarim bugun ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi.

- Jasur Jaloliddinov va Hojimat Erkinov kabi o‘yinchilarning “Olimpik”da to‘p surishiga qanday qaraysiz? Bu foydali bo‘larmidi yoki aksincha?

- Bu holatga ikki tarafdan qarash kerak. Taktik va ko‘p tarafdan bu foydali bo‘lardi. Bu futbolchilar terma jamoaga kelganlaridan so‘ng ularni terma jamoaga moslashishi uchun biroz vaqt kerak bo‘lyapti. Ular o‘z jamoalarida har xil murabbiy qo‘lida o‘ynaydi va talablar boshqacha bo‘ladi. Lekin, ularning boshqa jamoalarda o‘ynashlari ham qaysidir tarafdan yaxshi. Bu “Olimpik”dagi boshqa futbolchilarga imkoniyat yaratadi. Terma jamoa faqat 11 kishidan iborat emas. Har xil vaziyatlar bor. Jarohat, chetlatish va yana boshqa holatlar. Aynan shunday vaziyatda zaxira kerak bo‘ladi. Ularning o‘z jamoalarida asosiy tarkibda o‘ynaganlari yaxshi. Men esa “Olimpik”da boshqa yigitlarga imkoniyat berib, ularni ham o‘sishlariga sharoit yaratib beryapman. Terma jamoada eng kuchli o‘yinchilar maydonga tushishadi.

-Pep Gvardiola Kevin de Bryuynega maydonda o‘zi istagan vazifani bajarish, istagan joyda harakat qilish imkoniyatini bergani haqida gapirdi. Bugun Po‘latxo‘ja Xoldorxonov deyarli shunga o‘xshash harakat qildi va o‘yin oxiriga borib biroz charchab qolgandek taassurot qoldirdi. Bunga qanday munosabatdasiz?

- Gvardiola de Bryuynega qanday imtiyozlar bergan bilmadim. Kevin de Bryuynedek futbolchi maydonda nima qilishini aniq bilgani uchun balki unga shunday imkoniyat yaratilgandir. Sababi, de Bryuyne juda aqlli futbolchi. Pozisiya tanlashda, to‘p bilan ishlashda juda zo‘r harakat qiladi. Po‘latxo‘ja ham bugun juda ajoyib harakat qildi. Jamoa uchun foydali o‘ynadi. Buning umuman yomon tarafi yo‘q. Men futbolchilarga to‘psiz va to‘p bilan qanday harakat qilishni tushuntirib boryapman. Ular turli xil vaziyatlarda qanday harakat qilishni bilishlari kerak. Biz har bir uchrashuvdan so‘ng har bir vaziyatni muhokama qilamiz. Po‘latxo‘ja bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Eng muhimi jamoaga foydali o‘yinchi bo‘lish.

- “Olimpik” birinchi davrani 8-o‘rinda yakunladi. Jamoa faqatgina uch marta mag‘lub bo‘ldi. Umuman birinchi davradan qanchalik ko‘nglingiz to‘ldi?

- Balki kamroq duranglar qayd etganimizda, biz sakkizinchi o‘rinda emas, yuqoriroqda bo‘lardik. Duranglarning 70-80 foiz qismi g‘alabali o‘yinlar edi. Mening asosiy vazifam futbolchilarning o‘sishi. Albatta, xatolarsiz o‘sish bo‘lmaydi. Yigitlar chempionat boshidan beri ancha o‘sishdi. Shogirdlarim avval yo‘l qo‘ygan xatolarini takrorlashmayapti. Meni quvontirgan jihati, o‘sha aytganimdek, chempionatning boshi va hozirgi paytni solishtirganda ancha o‘sishga erishganimiz. O‘ylaymanki, ikkinchi davrada bundanda yaxshi o‘yin ko‘rsatamiz.

- Bu yilgi Superliga o‘yinlari o‘zgacha kechmoqda. “Olimpik” chempionlik kurashiga ham ta’sir o‘tkazmoqda. Ikkinchi davrada ham kuchli jamoalardan ochko olishga ishonasizmi?

- O‘ylaymanki, agar ikkinchi davrada bundanda yaxshi o‘yin ko‘rsatsak, bizda imkoniyat bo‘ladi. Jadvalda ham barcha jamoalar zich joylashgan. Deyarli hammada imkoniyat bor. Bu chempionatning qiziq o‘tayotganidan dalolat. Ikkinchi davrada qaysi jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatsa, albatta shunga yarasha o‘ringa joylashadi. “Olimpik” albatta chempionlik kurashiga ta’sir o‘tkazishga harakat qiladi. Ko‘rayotganingizdek, ko‘rsatayotgan o‘yinimiz muxlislarga yoqyapti. “Olimpik” qaysidir ma’noda chempionatga fayz olib kiryapti.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 04:51, 06.07.2022.
O'qildi: 1271 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.