Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Riberi Manening "Bavariya"ga transferi haqida gapirdi

Riberi Manening "Bavariya"ga transferi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Salernitana" klubining 39 yoshli fransiyalik yarim himoyachisi, "Bavariya"dagi o‘yinlari bilan tanilgan Frank Riberi Angliyaning "Liverpul" klubidan senegallik hujumchi Sadio Manening Myunxen klubiga o‘tishi haqida fikr bildirdi.

"Bavariya"ni Sadio Mane bilan shartnoma imzolagani bilan faqat tabriklashim mumkin. Bu Bundesliga uchun ajoyib transfer. Umidlar katta, menimcha, Sadio ularni oqlaydi.

Moslashish uzoq vaqt talab qilishi mumkin. Ammo men o‘z tajribamdan bilamanki, “Bavariya” muxlislari yangi o‘yinchi uchun startni juda oson qiladilar, chunki ular sizni quchoq ochib kutib olishadi”, - degan Riberi.

Eslatib o‘tamiz, Sadio Mane "Bavariya" bilan 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan. Kelishuvning moliyaviy tafsilotlari oshkor etilmadi, biroq OAV xabarlariga ko‘ra, 30 yoshli senegallikning Germaniya chempioni lageriga transferi summasi 40 million yevroni tashkil qilgan.

Kiritildi: 05:09, 06.07.2022.
O'qildi: 1978 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик