Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Midori Xonda: «Kelajakni o‘ylagan holda ish olib boryapmiz»

Midori Xonda: «Kelajakni o‘ylagan holda ish olib boryapmiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Midori Xonda CAFA turniri oldidan jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida qatnashdi.

"Milliy terma jamoalar uchun ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu turnirni intiqlik bilan kutdik, boisi turnirda ishtirok etish har bir jamoa uchun foydali bo‘lishiga ishonchim komil.

Bosh murabbiy etib tayinlanganimdan buyon Turkiyada yig‘in o‘tkazdik va u yerda o‘rtoqlik turnirida ishtirok etdik. Shuningdek, AQSH termasiga qarshi 2 ta safar o‘yinini o‘tkazdik. O‘ylashimcha, bu boradagi harakatlarimiz oldinni o‘ylab qilingan ishlar sirasiga kiradi. Chunki mazkur o‘yinlarda barcha raqiblarini mag‘lub etish vazifasini o‘z oldimizga qo‘ymaganmiz. Biz, birinchi galda, qizlarimizni tekshirib olish va xalqaro uchrashuvlardagi tajribalarini orttirishni maqsad qilgandik", — dedi yaponiyalik mutaxassis.

Shuningdek, matbuot anjumanida ishtirok etgan Eron ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Maryam Azmun ushbu turnirda O‘zbekiston va Eron terma jamoalari favorit ekanligini, yaponiyalik mutaxassisning O‘zbekiston ayollar terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanganidan xursandligini aytib o‘tdi. Murabbiy O‘zbekistonning AQSHga qarshi o‘yinlarini kuzatgani, yaxshi natijalarga erishish uchun eng kuchli raqiblarga qarshi o‘ynash muhimligini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi CAFA turniridagi ishtirokini 11 iyul kuni Tojikistonga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 17:32, 07.07.2022.
O'qildi: 1784 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик