"Lechche" "Milan" hujumchisi Lorenso Kolomboni ijaraga oldi.
Shartnoma bir mavsumga mo‘ljallangan. Klub hujumchini keyinchalik sotib olish imkoniga ega.
20 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda "Spal"da ijara asosida o‘ynadi. U B seriyada 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan.













