Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" Aspilikueta uchun 8,3 million yevro talab qilmoqda. Himoyachi "Barselona" bilan 2 yillik shartnoma va yiliga 13 million yevro maoshga kelishib oldi.

"Chelsi" Aspilikueta uchun 8,3 million yevro talab qilmoqda. Himoyachi "Barselona" bilan 2 yillik shartnoma va yiliga 13 million yevro maoshga kelishib oldi.

Baho:
+ | -

"Chelsi" himoyachi Sezar Aspilikuetani qanchaga sotishga tayyorligi ma’lum bo‘ldi.

Evening Standard ma’lumotlariga ko‘ra, "ko‘klar" 2012 yilda ispaniyalik futbolchi uchun sarflagan summani 7 million funt sterling (8,27 million yevro) istamoqda. Transferdan manfaatdor bo‘lgan "Barselona" bilan muzokaralar chog‘ida summa kamaytirilishi mumkin.

Aytilishicha, Aspilikueta allaqachon "Barselona" bilan ikki yillik, yiliga 11 million funt sterling (deyarli 13 million yevro) shartnomaga kelishib olgan.

Himoyachi o‘zining transferi haqida bosh murabbiy Tomas Tuxel va "Chelsi" bilan gaplashgan. Nemis mutaxassisi 32 yoshli futbolchini yo‘qotishni istamaydi, ammo "Manchester Siti"dan Natan Ake sotib olingan taqdirda u kelishuvni ma’qullashi mumkin.

Kiritildi: 18:04, 10.07.2022.
O'qildi: 3597 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.