Parij klubi "Inter" himoyachisi Milan Shkrinyarning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda, deya xabar beradi La Gazette Dello Sport.
27 yoshli slovakiyalikning o‘zi allaqachon Milan klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan.
Klublar 70 million yevrolik shartnoma borasida prinsipial kelishuvga erishgan. Biroq, hali ham ba’zi qonuniy tafsilotlarni hal qilishi kerak.
2021/22 yilgi mavsumda Shkrinyar "Inter" safida 48 ta o‘yinda 4 ta gol urgan. Himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.