Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves

Rafinya "Barselona" bilan besh yillik shartnoma borasida kelishib oldi

Rafinya "Barselona" bilan besh yillik shartnoma borasida kelishib oldi

Baho:
+ | -

"Lids" hujumchisi Rafinya "Barselona"ga o‘tishga har qachongidan ham yaqinroq.

Jurnalist Nikolo Skiraning tvitterda yozishicha, 25 yoshli braziliyalik allaqachon kataloniyaliklar bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga kelishib olgan. Rafinyaning maoshi mavsumda 6 million yevroni tashkil qilgan. "Lids" bu transfer uchun "Barselona"dan taxminan 55 million yevro oladi.

Avvalroq, Rafinya Kataloniya klubiga kelishuvni yakunlash uchun 2 kun muhlat bergani, shundan so‘ng u bor e’tiborini "Chelsi"ga qaratishga va’da bergani xabar qilingandi.

2021/22 yilgi mavsumda Rafinya “Lids” safida Premyer-ligada 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:40, 11.07.2022.
O'qildi: 2765 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик