Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Duel. Modrich de Bryuynega qarshi

Duel. Modrich de Bryuynega qarshi

Baho:
+ | -

 “Duel” loyihasining ilk sonida Kessie va Tchuamenini solishtirib ko‘rgan edik. Bugun esa hozirgi kundagi dunyoning eng yaxshi ikki yarim himoyachisi o‘rtasidagi kurashni taqdim etamiz. Luka Modrich va Kevin de Bryuynening statistikasi va natijalari hamma uchun qiziq bo‘lsa kerak. Shunday ekan biz boshladik.

Gol+pas

Xorvatiyalik yarim himoyachi faoliyati davomida klublar safida 667ta o‘yinda ishtirok etib, roppa-rosa 52000 daqiqa maydonda harakat qilgan. Shu vaqt ichida Luka 69 bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, 119ta golga hammualliflik qilgan. “Galaktikos” a’zosi 89 bor sariq va 2 bor qizil kartochka bilan jazolanishga ulgurgani ham etiborga molik.

 Belgiyalik yigit esa,  534ta o‘yinda 40688 daqiqa vaqtni maydonda o‘tkazgan. Kevin bora-bora hujumga yaqinroq pozisiyada o‘ynay boshlagan. Shu tufayli uning gollari 133ta, golli uzatmalar soni esa 205ga teng. De Bryuyne 51 marta sariq va 2 marta qizil kartochka bilan jazolangan.

Ikki futbolchining ham asosiy fishkasi golli uzatmalarni amalga oshirish ekanligini, ular tayanch yarim himoyachisi emasligini hisobga olib birinchi bosqichda Kevinni g‘olib deb topamiz. Belgiyalik 5 ochko qo‘lga kiritishida Gvardiolaning o‘rni beqiyos. Modrichda esa hozircha 3 ochko.

Sovrinlar

 Luka Modrich faoliyatidagi deyarli barcha sovrinini “Real” tarkibida qo‘lga kiritgan. Uning jamoaviy sovrinlari soni 26tani tashkil qiladi. Jumladan, 5ta chempionlar ligasi va 4 karra klublar o‘rtasidagi jahon chempionligini qo‘lga kiritgani bu super ko‘rsatkichdir. Shuningdek, Luka 75ta individual sovrinlarga ham ega chiqqan. Uning muzeyiga havas qilsa arziydi. 2018 yilgi mundialning eng yaxshi futbolchisiga berilgan sovrin va “Oltin to‘p – 2018” uning eng yaxshi sovrinlari hisoblanadi.

Kevin raqibi bilan bu borada bellasha olmaydi. Uning hisobida 18ta jamoaviy sovrin. Jumladan, 4 karra APL g‘olibligi bor. Shuningdek, Kevin 49ta shaxsiy sovringa ham ega. Ular orasida yil ramziy jamoalariga kiritilganini aytmaganda jiddiy sovrinlar juda kam. Kevin sovrin yutish bo‘yicha Modrichga xavas qilsa bo‘ladi.

Luka 2-bosqichda Kevinni katta ustunlik bilan yenga oldi. Uning 5 ta “Shalpangquloq” kubogi va 1 ta “Oltin to‘pi” de Bryuyneni yengish uchun kifoya qiladi aslida. Demak xorvat o‘g‘loniga 5 ochko, Kevinga 3 ochko.

Terma jamoadagi o‘yin

 Modrich Xorvatiya terma jamoasida umumiy 151 o‘yinda maydonga tushib, 22 gol va 24 golli uzatmaga mualliflik qilgan. Luka 7 bor sariq kartochka bilan ham jazolangan. U terma jamoasi bilan 2018 yil Jahon Chempionati finaliga qadar yetib borgan va o‘sha turnirning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan.

Kevin de Bryuyne esa 91 o‘yinda 24 gol va 45 golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, uning 4 bor sariq kartochka bilan jazolanganligini aytib o‘tish darkor. Kevin Belgiya termasi bilan 2018 yilgi mundialda 3 o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Modrich termasi uchun juda ham foydali futbolchi. Uning sovrinlari tufayli xorvatni bu bosqichda yutqazishi mumkin emas. Ammo Kevin futbolchilarning asosiy kerakli ko‘rsatkichida raqibidan ustunroq. Shu sababli bu bosqichda ikki futbolchiga ham 4 ochkodan beramiz.

Transfer narxi

Odatda nisbatan yoshroq futbolchilarning transfer narxlari balandroq bo‘ladi. Shu sababli Luka Modrich Transfermarkt portalida 10 million yevroga baholangan. Kevin esa 85 million yevroga teng deb topilgan.

 Ko‘rinib turiptiki, bu bosqichda Kevin raqibidan ancha ustun keldi. Shu sababli unga 5 ochko, Lukaga esa 3 ochko beriladi.

So‘nggi mavsumdagi natijalar

 Luka Modrich yakunlangan mavsumda 45 o‘yinda 3435 daqiqa maydonda o‘tkazib, 3 gol va 12 golli uzatmani amalga oshirgan. Luka mavsum davomida 7 bor sariq kartochka bilan jazolangan.   Shuningdek u “Real” bilan birgalikda Chempionlar ligasi va Ispaniya La ligasida zafar quchdi.

 Kevin de Bryuyne esa, 45 o‘yinda 3338 daqiqani maydonda o‘tkazib, 19 gol va 14 golli uzatmaga mualliflik qilishga ulgurgan. Hakamlar unga 4 bor sariq kartochka ko‘rsatishgan. Kevin “Manchester Siti” bilan birgalikda ketma-ket uchinchi bor APL chempionligini qo‘lga kiritdi.

Ko‘rinib turiptiki, sovrinlarda yana Luka ustun, foydali ish koeffisiyentida esa Kevinning “qo‘li baland kelmoqda”. Bu bosqichda ham durang adolatli natija bo‘lsa kerak, ikki futbolchi ham 4 ochko bilan siylandi.

Umumiy natija

Xorvatiyalik futbolchi umumiy 19 ochko jamg‘argan bo‘lsa, Kevinda esa 21 ochko mavjud. Bu bilan Lukaning o‘yini Kevinnikidan yomon demoqchi emasmiz. Aslida ikki futbolchi ham juda ajoyib o‘yinlar ko‘rsatadi. So‘nggi mavsumlarda Gvardiola de Bryuynedan hujumchi sifatida foydalanayotgani va kevin nisbatan raqibidan yoshroq ekanligi bizda ko‘p narsaga ta’sir o‘tkazdi. Ammo muxlislar uchun ular ajoyib futbolchi bo‘lib qolaveradi.  

 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:22, 11.07.2022.
O'qildi: 6413 marta.
Fikrlar: 47 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.