"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoaga yangi kelgan Raxim Sterling "ko‘klar"ning bugun kechqurun Las-Vegasda "Klab Amerika" jamoasiga qarshi mavsumoldi birinchi o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkinligini aytdi.
"Sterling hali jamoa bilan to‘liq mashg‘ulot o‘tkazgani yo‘q, shuning uchun u bugun maydonga tushishi dargumon. Biz buni asta-sekin harakatga keltirishimiz kerak, shoshadigan joyimiz yo‘q”, — dedi Tuxel matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Sterling "Manchester Siti"dan "Chelsi"ga taxminan 50 million yevro evaziga o‘tgan edi.