Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Dibala uchun kurashda "Roma" favoritga aylandi

Dibala uchun kurashda "Roma" favoritga aylandi

Baho:
+ | -

"Yuventus"ning sobiq hujumchisi Paulo Dibala yozda "Roma"ga o‘tishi mumkin, deb yozadi Romapress.

Manbaga ko‘ra, futbolchi uchun endilikda "Roma" va "Napoli" klublari kurash olib borishmoqda. Avvalroq “Inter” argentinalik futbolchini sotib olishdan bosh tortgandi.

Qayd etilishicha, "Napoli" tijorat muammolari tufayli futbolchining transferi bo‘yicha hozircha rasmiy taklif bilan chiqa olmaydi. Shunday ekan, “Roma” Dibalaga asosiy da’vogar bo‘lib qolmoqda. Rimliklar futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish borasida muzokaralar olib borishmoqda.

Dibala 1 iyul kuni erkin agentga aylandi. O‘tgan mavsumda hujumchi "Yuventus" safida 39ta o‘yinda maydonga tushib, 15ta gol urdi va 6ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:57, 17.07.2022.
O'qildi: 2416 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик