Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Omadsiz to‘qqiz. "Chelsi"da o‘zini ko‘rsata olmagan hujumchilar

Omadsiz to‘qqiz. "Chelsi"da o‘zini ko‘rsata olmagan hujumchilar

Baho:
+ | -

 "Chelsi"dagi 9-raqam la’nati - Romelu Lukaku bilan bo‘lgan voqea shu mavzuni ochishimizga sabab bo‘lmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, London klubining zamonaviy tarixida 9 raqamli liboss ostida maydonga tushib, omadsiz o‘yinlar o‘tkazgan yulduzlar ko‘p.

Fernando Torres
Klubdagi yillar: 2011-2015.
O‘yinlar: 172.
Gollar: 45.
2010-2011 yilgi qishki transfer oynasida "Chelsi" Fernando Torresni qo‘lga kiritish uchun 55 million funt to‘lagan. Ispaniyalik futbolchi Premyer-ligada yaxshi mavsumlar o‘tkazayotgan edi, ammo transferdan so‘ng mavsum yakuniga qadar 18 o‘yinda bitta gol urdi.

"Chelsi" bilan Torres uchta sovrinni qo‘lga kiritdi, ammo Fernandoning bu sovrinlar uchun ajralib turgan faol harakatlari deyarli ko‘zga tashlanmagan. Boz ustiga, hujumchi faoliyatining oxirigacha avvalgi darajasiga qayta olmadi.

Radamel Falkao
Klubdagi yillar: 2015-2016.
Uchrashuvlar: 12.
Gollar: 1.
Radamel Falkao "Monako"da ijarada o‘ynadi, keyin "Chelsi" uni Diyego Kostaga o‘rinbosar sifatida ko‘rgan. Bungacha kolumbiyalik futbolchi "Manchester Yunayted"da unchalik muvaffaqiyatli mavsum o‘tkazmagandi (shuningdek, ijara asosida) va hamma hujumchi ajoyib o‘yinlar bilan futbol olamini larzaga solishini kutayotgandi.
Ammo bu Manchesterdagidan ham omadsizroq mavsum bo‘ldi - 12 ta o‘yin va faqat bitta gol urilgan. Ehtimol, bu "Chelsi"dagi 9-raqamli futbolchilar orasidagi eng omadsizidir.

Alvaro Morata
Klubdagi yillar: 2017-2019.
Uchrashuvlar: 72.
Gollar: 24.
24 yoshli Alvaro Morata 58 million funt evaziga "Real Madrid"dan olib kelingan edi. Birinchi mavsumda esa ispaniyalik yaxshi o‘yin ko‘rsatdi - 48 o‘yin, 15 gol va 6 golli uzatma.

Biroq keyingi mavsumda Morata to‘satdan foydasiz futbolchiga aylandi va 2019 yilning yanvarida u "Atletiko"ga ijaraga yuborildi.

Gonsalo Iguain
Klubdagi yillar: 2019 yil.
Uchrashuvlar: 18.
Gollar: 5.
Gonsalo Iguain 9-raqamni ham jamoadagi asosiy hujumchi rolini ham Moratadan olgan. Argentinalik futbolchining eng yaxshi yillari allaqachon ortda qolgani aniq, ammo baribir forvardning mahorati klubga yordam berishi kutilgandi.
Iguain topshirilgan vazifani bajara olmadi, raqiblar darvozasiga bor yo‘g‘i besh marta gol kiritdi.

Romelu Lukaku
Klubdagi yillar: 2011-2014, 2021-2022.
Uchrashuvlar: 58.
Gollar: 15.
Romelu Lukaku bir daryoga ikki marta tushmaslik kerak degan rus maqolini eshitmagan bo‘lsa kerak. Faoliyatining boshida belgiyalik futbolchi bir yarim mavsumni “Chelsi”da o‘tkazdi, shu vaqt ichida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va birorta ham gol urmadi.

Keyin Lukaku boshqa klublarda nom qozondi, uning "Inter"dan "Chelsi"ga o‘tishi 2021-2022 yillar yozgi transferlar oynasidagi to‘rtinchi eng qimmat transfer (u "ko‘klar" tarixidagi eng qimmat hujumchi ham edi). Romelu mavsumni yaxshi boshladi, darrov gol urishni epladi, lekin asta-sekin xarakteri tufayli jamoadagi o‘rnini yo‘qotdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:10, 17.07.2022.
O'qildi: 3716 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.