"Benfika" hujumchisi Xaris Seferovich "Galatasaroy"ga ijara asosida o‘tadi, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
Manbaga ko‘ra, 30 yoshli shveysariyalikning Istanbul klubi bilan ijara shartnomasi 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha tuziladi.
Qayd etilishicha, “Galatasaroy” hujumchining shartnomasini 3,5 million yevroga sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Seferovich o‘tgan mavsumda lissabonliklar safida barcha turnirlarda 15 o‘yinda 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.