Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Levandovskining "Barsa" bilan kelishuvi qanday tus oldi? — shartnomada kutilmagan bandlar mavjud

Levandovskining "Barsa" bilan kelishuvi qanday tus oldi? — shartnomada kutilmagan bandlar mavjud

Baho:
+ | -

"Barsa"ga o‘tish uchun Levandovski maoshini pasaytirishga rozi bo‘lgan. Bunday sharoitda shartnoma ikkinchi mavsumdan keyin bekor qilinishi mumkin.

Robert Levandovski nihoyat Barselonaga ko‘chib o‘tdi. Transferning asosiy tafsilotlari ma’lum. Buning uchun klub qancha to‘laydi? Insayder Toni Xuanmarti kataloniyaliklar polyakni 45 million yevro evaziga sotib olayotganini yozmoqda. Yana 5 million yevro bonuslar hisobida o‘tadi. Shartnoma 2025 yilgacha mo‘ljallangan va yana bir mavsumga uzaytirilishi ham mumkin.

Xo‘sh, bunda uning maoshi qancha bo‘ladi?

Robert yiliga 9 million yevro evaziga uch yillik shartnoma imzolaydi. U jamoadagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi. Ammo bu ko‘rsatkich "Bavariya"da mavsumiga 12 million yevroga teng edi. Shu sababli bu Leva uchun juda ham yuqori ko‘rinmasligi mumkin. Shartnoma tuzilish jarayoni ham qiziq. Jerar Romeroning xabar berishicha, "Barsa" unga ikki maxsus bandni kiritgan.

• Klub tovon puli evaziga ikkinchi mavsum oxirida Levandovski bilan shartnomani bekor qilishi mumkin. Biroq bu mablag‘ oshkor etilmadi, ammo “Barsa” futbolchi jarohat olgan taqdirda bu bandni kuchga kiritadi. 2024 yilda polyak 35 yoshga to‘ladi. Bu ham albatta, rejalar o‘zgarib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Agar Levandovski jamoada qolsa, uning uchinchi yilidagi maoshi taxminan 50 foizga tushadi. Agar "Barselona" buni yana bir mavsumga uzaytirish variantini faollashtirsa, Robertning maoshi yana kamayadi. Bu yo‘lda har uchala tomon ham vaziyatga eng yaxshi yechim topishni xohlashdi. Robert boshini baland ko‘targan holda ushbu yangi vazifani bajarishga loyiq albatta. Romeroning so‘zlariga ko‘ra, Robert tez orada "Barsa"ning AQSHdagi mavsumoldi safari uchun jamoaga qo‘shiladi. Agar hammasi yaxshi bo‘lsa, polyak aynan Mayamida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Barsa transfer uchun pulni qayerdan oladi?

"Barselona" 60 million yevroni Rafinyaga sarflab yuborganidan keyin ham to‘xtamoqchi emas. Kataloniyaliklarning navbatdagi maqsadi "Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde bo‘ldi. Yaqin kelajakda "Barsa" ikkinchi iqtisodiy dastakni ishga tushiradi - keyingi 25 yil uchun televideniye huquqlarining 15 foizi, ya’ni 400 million yevro foyda. Albatta, OAVdan tushayotgan foyda klub iqtisodiyotini ancha mustahkamlaydi.

Shu bilan birga, "Barselona" La Liganing qat’iy FFL talablariga javob berishi kerak. Muammo aynan shu yerda yuzaga keladi. Robertni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yulduz futbolchilardan biri zudlik bilan sotilishi kerak. Yagona da’vogar mavjud. Lekin de Yong umuman ketishni istamayapti. To‘g‘ri, insayder Jerar Romeroning yozishicha, ular allaqachon "Manchester Yunayted" bilan kelishib olishgan. Bunga faqat Frenki qarshi, xolos. “Barselona” undan 20 million yevroga yaqin qarzdor.

Marca nashrining yozishicha, Frenki sotilmasa, Robertni ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lmaydi. Insayder Shay Lugassi Levani sotib olish uchun "Barsa"ning yo‘llari kam ekani haqida yozmoqda. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Kiritildi: 20:06, 17.07.2022.
O'qildi: 6879 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.