"Manchester Yunayted" himoyachisi Diogo Dalot jamoaning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag haqida fikr bildirdi.
“Erik ten Xag juda talabchan, u uzoq muddatda o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan mayda detallarga katta e’tibor beradi. O‘ylaymanki, biz, futbolchilar, uning talablariga juda yaxshi moslashamiz", - deya Dalot so‘zlarini keltiradi Daily Mail.













