Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

«Navbahor» birinchi davra yakunlari bo‘ycha kartochkalar statistikasi

«Navbahor» birinchi davra yakunlari bo‘ycha kartochkalar statistikasi

Baho:
+ | -

“Navbahor”ning joriy mavsumning 1-davrasida qayd etgan statistik natijalari bilan tanishtirishda davom etamiz. Bu safar futbolchilarning kartochkalari statistikasiga to‘xtalishni lozim deb topdik.

Albatta, futbol jamoaviy sport turi sanalsada, yakkakurashlarga ham boydir. To‘p uchun kurashdagi bunday vaziyatlar esa odatda qo‘polliklarsiz o‘tmaydi.

Shuningdek, ayrim paytlarda raqib hujumini bartaraf etish, bundan tashqari, asabni jilovlay olmaslik, qiziqqonlik ham futbolchilarning hakam tomonidan ogohlantirish olishlari, ayrim paytlarda esa hattoki, maydondan chetlatishlariga sabab bo‘ladi. Qisqasi, kartochkalar millionlar o‘yinining bir bo‘lagi hisoblanadi.    

Coca Cola Superligasining 1-davrasida “lochinlar”ning 14 nafar futbolchisi hakamlar tomonidan sariq kartochkalar bilan "siylandi". Aytish lozimki, jamoaning hech qaysi a’zosi qizil kartochka olmadi.

Eng ko‘p ogohlantirish olgan futbolchi gruziyalik yarim himoyachi Elguja Grigalashvili. U hakamlar tomonidan 4 marta ogohlantirildi va buning natijasida Coca Cola Superligasining 13-turidan o‘rin olgan AGMK – “Navbahor” bahsini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.

Keyingi o‘rinlarni esa 3 tadan sariq kartochka olgan holda tajribali himoyachilar – Davronbek Hoshimov hamda Boyan Siger, yarim himoyachi Jamshid Boltaboyev va hujumchi Zoran Marushich egallab turishibdi.

Jamoa a’zolarining 1-davradagi kartochkalar bo‘yicha statiskasi esa quyidagicha:   

Elguja Grigalashvili  – 4 ta sariq

Davronbek Hoshimov, Boyan Siger, Jamshid Boltaboyev, Zoran Marushich  – 3 tadan sariq kartochka

Stanislav Andreev, Ehsoni Panshanbe, Jamshid Iskanderov  – 2 tadan sariq kartochka  

O‘tkir Yusupov, Rustamjon Ashurmatov, Yovan Jokich, Azimjon Ahmedov, Nurillo To‘xtasinov, Ibrohim G‘anixonov – 1 tadan sariq kartochka.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.  

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 15:35, 18.07.2022.
O'qildi: 1177 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.