Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

«Navbahor» O‘runov masalasida bayonot berdi

«Navbahor» O‘runov masalasida bayonot berdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ayni paytda O‘zbekiston Coca Cola Superligasida davralar oralig‘idagi tanaffus va yozgi transfer “oynasi” vaqti. Shu bois, ko‘plab klublar, shu jumladan, jamoamiz tarkibida ham o‘zgarishlar yuz bermoqda.

O‘zingizga ma’lum, “Navbahor” joriy mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ygan va davralar oralig‘idagi tanaffusga turnir peshqadami sifatida chiqib ketdi.

Shu bois, yurtimizdagi sport hamda futbolga ixtisoslashgan turli saytlar va blogerlar tomonidan ochilgan turli telegram kanallari orqali transfer hamda tarkibdagi o‘zgarishlarga oid turli mish-mishlar aynan “lochinlar”ga tegishli bo‘lmoqda.

Albatta, ko‘plab yutuq hamda sovrinlarga ega va ko‘p minglab ishqibozlari bo‘lgan jamoa haqidagi har qanday shov-shuvli xabar yoki yangiliklar ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Bundan esa ko‘plab sayt ijodkorlari va blogerlar piar sifatida samarali tarzda foydalanib qolishga harakat qilishadi.

Biroq shuni ma’lum qilamizki, jamoamiz yozgi transfer “oynasi” davrida o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirgan futbolchilarni deyarli o‘z safiga qo‘shib oldi. Rossiyada o‘ynayotgan Oston O‘runovning “Navbahor”ga kelishi borasidagi gap-so‘zlar esa mish-mishdan o‘zga narsa emas. Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi O‘runov bilan hech qanday muzokara olib bormagan va uni “Navbahor”ga taklif etish rejada ham yo‘q.

Ayni paytda “lochinlar” safidagi ko‘plab futbolchilar yuqori saviyali sanalishadi, shuningdek, “Navbahor”ga qarashli farm, U-21, U-19 jamoalari tarkibida ko‘plab iqtidorli yoshlar bor  va ko‘plab futbolchilarni kashf etishi bilan mashhur bo‘lgan jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan 2-davrada ularning imkoniyatlaridan  to‘liq foydalanishni niyat qilgan.

Yana shuni ham ta’kidlash lozimki, klub qaysidir futbolchi bilan kelishuvga erishib, u shartnomaga imzo chekmagunicha, “Navbahor” a’zosi hisoblanmaydi.

Shuningdek, biror futbolchi jamoani tark etish istagida bo‘lsa, bu ikki tomonlama o‘zaro kelishuv asosida amalga oshadi hamda bu haqda klub rasmiy sayti tomonidan aniq ma’lumot beriladi.    

Piarni yoqtiradigan va shuning  orqasidan yuguradigan sayt ijodkorlari va blogerlar shuni e’tiborga olishlarini so‘rab qolardik.

Shuningdek, “Navbahor” muxlislaridan ham jamoamiz to‘g‘risidagi turli mish-mishlarga ishonmaslik, “Navbahor”dagi o‘zgarishlar borasidagi har qanday rasmiy xabar klubimizning rasmiy pfcnavbahor.uz cayti va FCNAVBAHOR rasmiy telegram kanalida e’lon qilinishini eslatib o‘tamiz.

“Navbahor” PFK  matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:43, 18.07.2022.
O'qildi: 3567 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.