Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Shaxtyor" FIFA sababli qancha mablag‘ yo‘qotganini ochiqladi

"Shaxtyor" FIFA sababli qancha mablag‘ yo‘qotganini ochiqladi

Baho:
+ | -

Doneskning “Shaxtyor” klubi bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan Sergey Palkin FIFAning xorijlik futbolchilarga Ukraina klublari bilan shartnomalarini to‘xtatib qo‘yishga ruxsat beruvchi yangi qoida tufayli klubning moliyaviy yo‘qotishlari haqida gapirdi.

“Sport.ua” nashriga bergan intervyusida funksioner yangilik tufayli “konchilar” bir necha o‘yinchining transferidan 50 million yevroga yaqin mablag‘ yo‘qotganini aytdi.

"Ular bizni tovonsiz tark etishdi, ular yangi jamoalarga yanada qulayroq shartlarda o‘tishlari mumkin edi", dedi Palkin.

Eslatib o‘tamiz, FIFA qarori tufayli braziliyaliklar Tete va Manor Salomonning transferlari amalga oshmay qolgandi.

Kiritildi: 11:56, 19.07.2022.
O'qildi: 1406 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик