"Kristal Pelas" bosh murabbiyi Patrik Viyeyra yarim himoyachi Konor Gallaxerning jamoaga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga salbiy munosabat bildirdi.
"Ayni damda uning qaytish imkoniyati yo‘q deb o‘ylayman. U "Chelsi" futbolchisi. U yerda mavsumoldi mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda. Rostini aytsam, unga eng yaxshi tilaklarni tilaymiz”, - dedi Viyeyra.
O‘tgan mavsumda, "Kristal Pelas"da ijara asosida Gallaxer jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. Uning o‘yini Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeytning e’tiborini tortdi.
Premyer-ligada u 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.