Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Ayaks" "MYU" ko‘z tikkan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

"Ayaks" "MYU" ko‘z tikkan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

Amsterdamning “Ayaks” klubi Germaniyaning “Leypsig” klubidan Brayan Brobbini sotib olish arafasida. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarida xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Amsterdam klubi ayni damda «Leypsig» bilan transferning yakuniy tafsilotlarini muvofiqlashtirmoqda. Futbolchining o‘zi "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqish bo‘lishiga qaramay, o‘tgan mavsumda ijara asosida o‘ynagan "Ayaks"ga qaytishni istamoqda. Qolaversa, Brobbi Amsterdam jamoasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

So‘nggi mavsumda Brobbi Niderlandiya chempionatining 11 o‘yinida 7 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:12, 19.07.2022.
O'qildi: 2871 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик