Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Ingliz futboli tarixida kimlar eng ko‘p marta Jahon chempionatida qatnashganini bilasizmi? (TOP-10)

Ingliz futboli tarixida kimlar eng ko‘p marta Jahon chempionatida qatnashganini bilasizmi? (TOP-10)

Baho:
+ | -

Angliyaning FIFA tomonidan tashkillashtiriladigan Jahon chempionatidagi ishtiroki anchagina salmoqli davrni o‘z ichiga oladi. Bu davlat hozirga qadar 15 marta ushbu nufuzli turnirda qatnashishga ulgurgan. Ammo undagi g‘oliblik unchalik ham ko‘p emas, atigi bir marta. Shunga qaramay, aynan Jahon chempionatlari inglizlardan yorqin yulduzlar yetishib chiqishini ta’min etgan. Quyida ana shunday tarixiy yulduzlarning eng yaxshi o‘ntasi sanab o‘tiladi.

10. Kris Uaddl

JCHda o‘tkazgan o‘yini: 11 ta
Qaysi yillarda?: 1986, 1990
Termadagi umumiy o‘yinlar: 62.

"Nyukasl" hamda "Tottenxem"ning sobiq afsonalaridan biri bo‘lgan Kris Uaddl, 11 marta JCHda qatnashgan. U "Uch Sherlar"ning haqiqiy faxri edi.

9. Gari Lineker

JCHda o‘tkazgan o‘yini: 12 ta
Qaysi yillarda?: 1986, 1990
Termadagi umumiy o‘yinlar: 80.

Ayni damda boshlovchilik va tahlil bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis o‘tmishda yaxshigina mashhur bo‘lgan. Uning faoliyati ham ancha salmoqqa ega. Lineker Jahon chempionatlarida 12 marta maydonga tushishga erishgan. Bugun u va uning davri faxr bilan eslanadi.

8. Maykl Ouen

JCHda o‘tkazgan o‘yini: 12 ta
Qaysi yillarda?: 1998, 2002, 2006
Termadagi umumiy o‘yinlar: 89.

O‘ziga yarasha alohida dunyo bo‘lgan Maykl Ouen o‘z faoliyatini Angliyaning eng yaxshi to‘purari va ishtirokchisi sifatida yakunlagan edi. Baxtga qarshi jarohatlar uning o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Shunga qaramay, Ouen "Uch Sherlar" bilan tarix yarata oldi.

7. Stiven Jerrard

JCHda o‘tkazgan o‘yini: 12 ta
Qaysi yillarda?: 2006, 2010, 2014
Termadagi umumiy o‘yinlar: 114.

Stivi Ji Ouen erasini yakunlab bergandi. Uning davri Eriksson, Kapello hamda Xodjson kabi tajribali mutaxassislar bilan xarakterlanadi. Aynan ularning ta’siri bilan Jerrard bugungi maqomga erishdi.

6. Devid Bekxem

JCHda o‘tkazgan o‘yini: 13 ta
Qaysi yillarda?: 1998, 2002, 2006
Termadagi umumiy o‘yinlar: 115.

Bekxem Angliya terma jamoasida 13 marta JCHda qatnashgan yagona futbolchi edi. Shuningdek, u ushbu ro‘yxatdagi yagona mundialda qizil kartochka olgan o‘yinchidir.

5. Bobbi Mur

JCHda o‘tkazgan o‘yini: 14 ta
Qaysi yillarda?: 1962, 1966, 1970
Termadagi o‘yinlari: 108.

Bu inson haqida bir narsa deyish mumkin: Angliya futboli tarixidagi JCH kubogini ko‘targan yagona sardor futbolchi. U jamoaga sardor sifatida millat faxriga aylangan edi.

4. Eshli Koul

JCHda o‘tkazgan o‘yini: 14 ta
Qaysi yillarda?: 2002, 2006, 2010
Termadagi o‘yinlari: 107.

2000 yillar davomida inglizlardan yuqori darajaga erishgan chap qanot himoyachilari deyarli yo‘q edi. Shunday sharoitda Eshli Koul porladi. U o‘zining yuqori saviyasi bilan o‘sha boshliqni to‘ldirib bergandi.

3. Terri Butcher

JCHda o‘tkazgan o‘yini: 14 ta
Qaysi yillarda?: 1982, 1986, 1990
Termadagi o‘yinlari: 77.

Terma jamoa miqyosida maydonga tushish borasida ro‘yxatdagi eng past ko‘rsatkichlardan biriga ega bo‘lishiga qaramay, Butcher 1980 hamda 1990 yillar boshidagi ingliz futbolining yorqin vakili edi.

2. Ser Bobbi Charlton

JCHda o‘tkazgan o‘yini: 14 ta
Qaysi yillarda?: 1958, 1962, 1966, 1970
Termadagi o‘yinlari: 106.

Naq to‘rtta Jahon chempionatini ko‘rgan futbolchi, o‘ziga xos xarakter egasi bo‘lgan. U ham xuddi Bobbi Mur kabi Jahon chempioniga aylanadi. Charlton, aslini olganda, 1958 yilgi mundialda maydonga tushmagan. Ammo "MYU" afsonasining Myunxen fojiasidan omon qolishi, katta baxt edi.

1. Piter Shilton

JCHda o‘tkazgan o‘yinlari: 17 ta
Qaysi yillarda?: 1982, 1986, 1990
Termadagi o‘yinlari: 125.

Shilton hali ham ingliz futboli tarixida eng ko‘p terma jamoa ishtirokchisi bo‘lib turibdi. Shuningdek, u rekord darajadagi JCH bahslarida qatnashish ko‘rsatkichiga ega. U bugun ham hayot va yoshlarga o‘z tajribasini ulashmoqda.

 

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 20:00, 21.07.2022.
O'qildi: 2241 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.