Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Levchenko «Neftchi»da bosh murabbiy sifatida ishlay olmaydi

Levchenko «Neftchi»da bosh murabbiy sifatida ishlay olmaydi

Baho:
+ | -

PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev «Neftchi» yangi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenkoning tegishli lisenziyasi yo‘qligi va Farg‘ona klubining boshqa jamoalar oldidagi qarzdorligi haqida ma’lum qildi.

«Vitaliy Levchenkoni ham inson, ham mutaxassis sifatida hurmat qilganimiz holda aytamizki, unda Pro lisenziyasi mavjud emas. Bunday holatda u Superliga klubini boshqara olmaydi.

Levchenko de fakto «Istiqlol» klubi bilan Chempionlar ligasida ajoyib natija qayd etgan bo‘lsa-da, de yure OFK ro‘yxatidan Mubin Ergashev bosh murabbiy sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Shundan kelib chiqilsa, «Neftchi» Pro lisenziyasi mavjud yana biror mutaxassis topishi kerak bo‘ladi.

«Neftchi» qarzlari haqida ma’lumot bergandik. Hozirgacha klub «Paxtakor»dan qarzlarining 45 foizi hamda «Mash’al»dan qolib kelayotgan qarzning 70 foizidan qutilgan. Holat ijobiy tarafga o‘zgarmoqda. Biroq bu hali hammasi emas. 29 iyulgacha qator masalalar hal qilinishi kerak.

Afsuski, bizda biror rahbar klubni qiyin holatga solib ketyapti, keyingi rahbar esa vaqtini eski rahbariyatdan qolgan muammolarni bartaraf etishga ketkazyapti», - deya yozadi PFL direktori telegramdagi kanalida.

Eslatib o‘tamiz, «Neftchi» Superliga 1-davrasidan keyin Ilhom Mo‘minjonovni iste’foga chiqarib, tojikistonlik Vitaliy Levchenkoni bosh murabbiy etib tayinladi. Klub rahbariyatida ham o‘zgarishlar kuzatilgandi.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 16:45, 22.07.2022.
O'qildi: 2758 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик