Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

"Navbahor" nazorat bahsida "Istiqlol" bilan durang o‘ynadi

"Navbahor" nazorat bahsida "Istiqlol" bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Davralar oralig‘ida yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish, futbolchilarning jismoniy holatlarini saqlab turish, shuningdek, tarkibga yangi qo‘shilgan o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazish maqsadida, bugun “Navbahor” Tojikistonning 10 karra va amaldagi chempioni, joriy yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL)ning guruh bahslarini muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazib, mazkur musobaqaning nimchorak finaliga yo‘l olgan, Dushanbening “Istiqlol” jamoasiga qarshi nazorat-sinov bahsi o‘tkazdi.

Namangan shahridagi “Markaziy” stadioni, 8 mingdan ziyod muxlis ko‘z o‘ngida bo‘lib o‘tgan ushbu o‘yin teng kurashlar ostida kechdi.
Dushanbeliklar “lochinlar”ga munosib qarshilik ko‘rsata olishdi.
O‘yin borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, uchrashuvning 27-daqiqasida Jamshid Iskanderovning chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga oshirgan to‘pini jamoamizning yangi a’zosi Diyorjon Turopov darvozaga aniq yo‘llab, hisobni ochdi – 1:0.
Oradan 2 daqiqa o‘tar-o‘tmas, dushanbeliklarning qarshi hujumi vaqtida “lochinlar” darvozaboni O‘tkir Yusupov raqib futbolchisi bilan yakkama – yakka vaziyatda unga nisbatan qo‘pollik ishlatishga majbur bo‘ldi.
Natijada uchrashuv bosh hakami Ibrohim Ismoilov jamoamiz darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi belgiladi. Penaltini “Istiqlol” sardori Manuchehr Jalilov aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi – 1:1.
Natijada jamoalar tanaffusga 1:1 hisobidagi durang bilan chiqib ketdi.

Uchrashuvning 2-bo‘limida "lochinlar"ning gruziyalik yarim himoyachisi Elguja Grigalashvili, shuningdek, serbiyalik himoyachi Boyan Sigerning darvozaga bosh bilan yo‘naltirgan hamda Jamshid Boltaboyevning zarbalariga aniqlik yetishmadi.

Mehmonlarning qarshi hujumlaridan birida namanganliklar posboni O‘tkir Yusupov xavfni bartaraf etgan bo‘lsa, yana bir – ikki vaziyatda raqib futbolchilarining zarbalari noaniq ko‘rinish oldi.

Natijada o‘yinda jangovar durang – 1:1 hisobi qayd etildi.

“Navbahor” – “Istiqlol” – 1:1 (1:1)

Gollar: Diyorjon Turopov (27) - Manuchehr Jalilov (29-pen.). 
Namangan. “Markaziy” stadioni. 8515 tomoshabin.
Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Islomjon Nosirov, Boburjon Ibragimov, Muzaffar Mamatxanov.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:05, 23.07.2022.
O'qildi: 2468 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик