Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Alisher To‘xtayev: “Navbahor” chempionlik uchun bemalol kurasha oladi”

Alisher To‘xtayev: “Navbahor” chempionlik uchun bemalol kurasha oladi”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, "Navbahor" 22 iyul kuni Tojikistonning 10 karra va amaldagi chempioni “Istiqlol” (Dushanbe)ga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, unda jangovar – 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Uchrashuv yakunlangach, mehmonlar bosh murabbiyi Alisher To‘xtayevni suhbatga tortdik. Dushanbeliklar ustozi o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.       

Umuman olganda havo harorati yuqori bo‘lganligi sababli, mazkur o‘yin har ikki jamoaga ham qiyinchilik tug‘dirdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limi teng kurashlar ostida kechdi, deyish mumkin. “Navbahor”da ham, jamoamizda ham bir qator xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. Mezbonlar hisobni ochishganidan so‘ng, biz tezda qarshi hujumga o‘tib, javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldik.

Ikkinchi bo‘limda “Navbahor” ancha hujumkor o‘yin namoyish etgan holda, maydon markazi hamda hujumda to‘pni ko‘proq nazorat qildi. Shogirdlarim esa maydon egalariga imkoniyat bermaslikka harakat qilishdi va buning uddasidan chiqa olishdi.

– Ushbu o‘rtoqlik bahsiga qadar “Navbahor” haqida ma’lumotga egamidingiz?

-  Bo‘lmasamchi! Men nafaqat O‘zbekiston Superligasi, balki Pro-liga, Birinchi liga bahslarini ham doimo kuzatib boraman. “Navbahor”ning joriy mavsumning 1-davrasini peshqadam sifatida yakunlaganidan xabarim bor. Albatta, muddatidan oldin jamoani chempionlik bilan  tabriklay olmayman. Biroq “Navbahor” mavsum yakunida o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishadi, degan umiddaman. 

- Mana, bugun “Navbahor”ning o‘yiniga bevosita guvoh bo‘ldingiz. Jamoaning joriy mavsumdagi Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatini qanday baholaysiz?

Chempion bo‘lish, sovrindorlar safidan joy olish imkoniyati barcha jamoalarda bor. Faqat gap undan qanday foydalanishda. Bugungi raqibimiz “Navbahor” borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, jamoa mahoratli futbolchilardan tashkil topgan ajoyib tarkib, yaxshi o‘yin uslubiga ega va chempionlik uchun bemalol kurasha oladi.

O‘z o‘rnida ta’kidlash joizki, “Navbahor” bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan bilan juda yaqin bo‘lmasamda, uni qanday mutaxassis ekanligini juda yaxshi bilaman va mazkur murabbiy qo‘l ostida “Navbahor” chempionlik unvonini qo‘lga kiritishiga tilakdoshman.  

- Bugungi o‘yinga 10.000 nafarga yaqin muxlis tashrif buyurdi. Bu boradagi fikringiz...

- Ishqibozlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildirmoqchiman. Bugun namanganlik muxlislarning juda faol ekanliklariga guvoh bo‘ldim. Ular “Navbahor”ni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlagan holda, oldinga borishga undab turishdi. Muxlislarning ruhan qo‘llashi esa futbolda muhim omil hisoblanadi.

-  Joriy mavsumda “Istiqlol”ning oldiga qanday maqsad qo‘yilgan?

- Jamoada kim bosh murabbiy bo‘lishidan qat’iy nazar, “Istiqlol”ning oldiga faqat bir maqsad, ya’ni, jamoa ishtirok etayotgan barcha turnirlarda zafar quchib, ko‘proq sovrinlarni qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yiladi. Bu yil ham chempionlik unvonini saqlab qolishga harakat qilamiz. 

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 06:10, 23.07.2022.
O'qildi: 1620 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик