Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Nazorat uchrashuvi. «Olimpik» Olmaliqda AGMKni mag‘lub etdi

Nazorat uchrashuvi. «Olimpik» Olmaliqda AGMKni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Bugun «Olimpik» jamoasi ikkinchi davraga tayyorgarlik ko‘rish uchun Olmaliqda AGMK klubiga qarshi maydonga tushdi.

Timur Kapadze boshchiligidagi jamoa ilk daqiqalardan hujum qilishga harakat qildi va bahsning 10-daqiqasida Farrux Muxtorov uzatmasidan so‘ng Behzod Shamsiyev hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim 1:0 hisobida toshkentliklar foydasiga yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoa vakillari hujumlar tashkil etishdi. 72 daqiqada Xurshid G‘iyosov penaltidan unumli foydalandi va hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv yakunlanishiga 5 daqiqa qolganida «Olimpik» vakillari ajoyib hujum tashkil qilishdi. Muhammadali G‘iyosov qanotdan kirib borib, ajoyib uzatmani amalga oshirdi va Nodir Abduxoliqov hisobni o‘zgartirdi. Shu tariqa, uchrashuvda olimpiyachilar g‘alaba qozonishdi.

AGMK - OLIMPIK - 1:2
Gollar: 72- Xurshid G‘iyosov - 10 - Behzod Shamsiyev (Farrux Muxtorov), 85 - Nodir Abduxoliqov (Muhammadali G‘iyosov)
AGMK: Ergashev, Gadoyev, Ismoilov, Rahmonov, Qosimov Komilov, Abdullayev, Sia, Tursunov, G‘iyosov, Boake
Olimpik: Yuldashev, Shamsiyev, Hamraliyev, Tursunov, Mirsaidov, Ibrohimov, Muxtorov, Bo‘riyev, Mamasiddiqov, Jo‘raqo‘ziyev, Jiyanov
Zaxiradan maydonga tushganlar: Abdunabiyev, Xoldorov, Tairov, Hamidjonov, Mahmudov, Rahmatullayev, Turdaliyev, Abduxoliqov, Sattorov, G‘iyosov, Odilov, Jo‘rayev.

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 23:27, 23.07.2022.
O'qildi: 1547 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик