Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Ajabo, bir tomonda 91:1, ikkinchi tarafda 95:0...

Ajabo, bir tomonda 91:1, ikkinchi tarafda 95:0...

Baho:
+ | -

Syerra-Leone chempionati ikkinchi divizionidan o‘rin olgan 2ta o‘yinda aqlni shoshirib qo‘yadigan hisoblar qayd etildi.

 «Kaxunla Reynjers» jamoasi «Lumbebu Yunayted»ni 95:0 (!), «Galf» esa «Kokima Livan»ni 91:1 (!) hisobida yengdi. Bu qanaqasi? O‘zi gap futbol haqidami yoki basketbol...?

Tabiiyki, «qop tugul, qanorga ham sig‘mas» bunday natijalar mamlakat futboli mutasaddilarida katta shubha va savollarni keltirib chiqardi. Yakunda Syerra-Leone futbol assosiasiyasi har ikki o‘yin natijasini bekor qilib, bu borada alohida tekshiruv boshladi. Axir ikki o‘yinda 187ta gol urilishi...

Tafsilotlarga to‘xtalsak, oxirgi tur oldidan elit ligaga chiqish uchun da’vogar ikki klub - «Galf» va «Kaxunla Reynjers»da ochkolar miqdori teng bo‘ldi. Qisqasi, finishda barchasini gollar nisbati hal qilishi ehtimoli oshdi. Yakunda «Galf» bechora «Kokima Livan»ni 91:1 hisobida yengdi, «Kaxunla Reynjers» esa «Lumbebu Yunayted» darvozasiga javobsiz 95ta gol urdi. Aytish joiz, Syerra-Leone futboli o‘z tarixida bu kabi yirik hisoblarni ko‘rgan emasdi. Eng qizig‘i, ushbu g‘alati o‘yinlarning birinchi bo‘limi tegishlicha 2:0 va 7:1 hisoblarida xotima topgandi. Shuningdek, «Galf» ishtirokidagi o‘yin hakami ikkinchi bo‘limda ishlashdan bosh tortgan va u almashtirilgan. 

Ta’kidlanishicha, megahisoblarga bukmekerlik faoliyatining mutlaqo aloqasi yo‘q. Oddiy aytganda, bir vaqt­da boshlangan o‘yinlarda «Kaxunla Reynjers» va «Galf» jamoalari o‘rtasida gollar nisbatini yaxshilash uchun o‘zishuv borgan. Syerra-Leone futbol federasiyasi bayonotiga ko‘ra, har ikkisiga «kelishilgan o‘yin» tashxisi qo‘yildi, lekin barchasi tekshiruvlardan so‘ng oydinlashadi. Hozirda tegishli tashkilot 4ta klub futbolchilarini ham, hakamlarni ham so‘roqqa jalb etgan. «Bunday sharmandali holatni chetdan jim kuzatib turishga haqqimiz yo‘q. Ushbu «tomosha» tashabbuskorlari jazolanishlari shart», - dedi Syerra-Leone futbol federasiyasi rahbari Tomas Deddi Brima. «Kaxunla Reynjers» direktori esa sportga xos bo‘lmagan har qanday harakatga nisbatan qat’iy chora ko‘rilishini ta’kidladi. «Galf» vakillari qandaydir izoh berishdan tiyilayotgan bo‘lsalar, «Kokima» rahbari oxirgi o‘yinga shunchaki, «o‘rtoqlik» sifatida qarashganini ma’lum qildi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:08, 24.07.2022.
O'qildi: 3883 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик