Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Manchester Yunayted" tarkibi Ronaldusiz qanday ko‘rinish oladi?

"Manchester Yunayted" tarkibi Ronaldusiz qanday ko‘rinish oladi?

Baho:
+ | -

"MYU"dagi bir mavsum to‘liq faoliyatidan keyin Ronaldu jamoada qolishga o‘ylanib qoldi. Afsonaviy hujumchi klub rahbariyatidan qolish uchun asosli sabablar keltirishini talab qilmoqda. Edinson Kavani jamoani tark etdi. Agarda Krishtianu ham ketadigan bo‘lsa, "qizil iblislar" markaziy hujumida haqiqiy defisit boshlanadi. U holda Erik ten Xag yangi hujumchi istab yana transferlar bozoriga kirishi kerak bo‘ladi. Quyida Ronaldusiz MYU"ning tarkibi qanday bo‘lishi mumkinligi haqida so‘z yuritiladi.

Ronaldu agarda jamoadan ketsa, baribir uning o‘rni kim bilandir yopilishi kerak. O‘sha hujumchi esa "Ayaks" vakiki Antoni bo‘lishi mumkin. Ayni damda "MYU" Ronaldu uchun juda katta mablag‘ni maosh sifatida to‘lab bermoqda. Uning ketishi esa tarkibga yosh va nisbatan ancha arzon o‘yinchilarni jalb etishga yordam beradi. Demak, quyida Ronaldusiz tuzilgan yangi tarkibga e’tibor qarating:

Darvozada: De Xea;
Himoyachilar: Lisandro Martines, Rafael Varan, Lyuk Shou va Van-Bisakka;
Yarim himoyada: Frenki De Yong, Fred va Fernandesh;
Hujumda: Antoni, Reshford va Sancho.

Bunda markaziy hujumda Antonidan tashqari, Reshfordning o‘zini hamda Elangani ham qo‘yish mumkin bo‘ladi.

Markus Reshfordni ko‘rib hayron bo‘layotgan bo‘lishingiz mumkindir. Chunki 2021-22 yilgi mavsumda bu futbolchi o‘zining yuqori darajasini namoyish eta olmadi. Shunga qaramay, shu kunlarda kechayotgan mavsumoldi o‘yinlari Reshfordga "defibrillyator" bo‘lib xizmat qilmoqda. U hujum chizig‘ining har qaysi sohasida harakat qilishga qodir. Hujumchi o‘z faoliyati davomida markaziy hujumda har uchta o‘yindan bittasida gol urishga erishib kelgan. Shunday ekan, Reshford yana qaytishi mumkin.
Markaziy hujumga mos yana bir nomzod Antoni Elangadir. Reshford kabi shvesiyalik futbolchi ham uzoq vaqt davomida qanotda foydalanib kelingan. Ammo Elanganing asl joyi markaziy hujumdir.

Antoni Marsyal operasiyasi

Marsyalni yana qaytishini tasavvur qila olasizmi? Hozir bu narsa biroz g‘alati tuyular. Ammo futbolda g‘alati voqealar ko‘p sodir bo‘lib turadi. Fransuz hujumchisi "Sevilya"dan muvaffaqiyatsizlikka uchrab qaytib keladi. Shunga qaramay, mavsumoldi o‘yinlari Marsyalga katta yordam bermoqda. Erik ten Xagda esa uni olib qolish fikri paydo bo‘lsa, ajab emas.

Brunu Fernandesh yarim himoydan chiqarib yuboriladi(mi?)

Mart oyida bo‘lib o‘tgan Manchester Derbisida Ralf Rangnik ilk bor Fernandeshdan nominal hujumchi sifatida foydalangan edi. Biroq, bu uslub ish bermaydi. "Manchester Siti" esa 4-1 hisobida g‘alabaga erishadi. Garchand mag‘lubiyatga uchralgan bo‘lsa ham, Fernandeshning hujumga chiqarilishi Erik ten Xag uchun taktik hiyla sifatida asoqtib qolishi mumkin. Ten Xag Brununing yarim himoyadagi o‘rnini o‘z hamyurti bo‘lgan van de Bekka bo‘shatib beradi. Fernandesh esa faqat kerak paytdagina maydon markaziga qaytadi. Bu esa raqib jamoani chalg‘itishga zamin yaratadi.

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 18:26, 24.07.2022.
O'qildi: 4622 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.