“Roma” himoyachisi Rojer Ibanyes faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
Manbaning xabariga ko‘ra, "Real" va "Barselona" braziliyalik futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatib borishmoqda.
Ibanyes o‘tgan mavsumda "Roma" safida 51 o‘yinda maydonga tushib, 4 gol urgan. Avvalroq futbolchiga faqat kataloniyaliklarning qiziqishi haqida xabar bergan edik.