Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Hammasi oydinlashmoqda: Ronaldu ketadi, Marsyal esa qoladi!

Hammasi oydinlashmoqda: Ronaldu ketadi, Marsyal esa qoladi!

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" Antoni Marsyal borasida qaror qabul qilgan ko‘rinadi. Klub rahbariyati Erik ten Xag qo‘l-ostidagi mavsumoldi o‘rtoqlik uchrashuvlaridan so‘ng, fransuz hujumchisini jamoada olib qolishni o‘ylab qoldi. 26 yoshli hujumchi shu yilning yanvar oyida "Sevilya"ga mavsum so‘ngiga qadar ijaraga beriladi. Ijaraga berilishining asosiy sababi esa uni sotish edi. Ammo futbolchi Ispaniyada daxshatli davrni boshdan kechirdi va besh oy davomida atigi bitta gol ura oldi xolos. U ham bo‘lsa, Yevropa ligasi bahsida kiritilgan edi. Shundan keyin "MYU" Marsyalni sotish uchun jiddiy harakatga tushadi. Chunki futbolchining maoshi katta va foydasi kichik edi. Aksiga olib, uni oladigan xaridor ham topilavermadi. Ammo bu voqea klub foydasiga ishlagan ekan. Negaki, Marsyal yangi murabbiy, Erik ten Xag jamoasida qaytadan ochilib bormoqda. Buni uning so‘nggi uchta o‘yinda uchta gol urganidan ham bilib olish qiyin emas.

Avgust boshida APL start oladi. "Manchester Yunayted" esa ilk bahsini "Brayton"ga qarshi o‘tkazadi. Mana shu o‘yinda Marsyal asosiy tarkibda tushishi kutilmoqda. Bunga birinchidan, hujumchining yaxshi formada ekani sabab bo‘lsa, boshqa tomondan Ronalduning uzoq vaqtdan buyon tarkibda ko‘rinish bermagani omil bo‘lmoqda. Portugaliyalik yulduz o‘tgan mavsum yakunidan beri "MYU" bazasiga kelmagan edi. Boz ustiga, jamoasining Tailand hamda Avstraliyadagi yig‘inlarida ham ishtirok etmadi. Mediada bunga sabab qilib futbolchining shaxsiy muammolari borligi keltiriladi. Uning vakillari Ronalduning "MYU"ni tark etishiga ishora qilmoqda.

Krishtianu Ronalduning agenti Xorxe Mendesh futbolchini yana YECHL bahslarida ishtirok etishini ta’minlay oladigan jamoa qidirish bilan bandligi aytiladi. Variantlar ichida "Bavariya", "Chelsi" hamda "Atletiko" bor. Ronalduning "MYU" mashg‘ulotlariga qaytishi so‘roq ostida qolgandi. Ammo u qaytdi. Agarda bu voqea kelayotgan haftada ham yuz bermaganida, u boshqa jamoa bilan muzokaralarga kirishgani oydinlashar edi. Ko‘chishning vaqtida amalga oshirilmasligi esa Ronalduni APLning startida "Manchester Yunayted" libosini qayta kiyishga majbur qilardi.

Ba’zi manbalarning xabariga ko‘ra, Ronalduda hozirgacha yangi manzil aniq emas. Ammo futbolchi ketishga harakat qilmoqda. Mana shunday vaziyatda "MYU" allaqachon yangi hujum chizig‘i hosil qildi. Bu chiziqda Ronalduning o‘rni Marsyal tomonidan egallanadi. Zaxira varianti o‘rnida esa "Ayaks" vingeri Antoni olib kelinishi kutilmoqda. Agar bu xarid amalga oshsa, u holda haqiqatdan ham "Manchester Yunayted"da ortiq Ronalduga ish qolmasligi mumkin. Qolaversa, "Barselona" ham "MYU"ga o‘z hujumchisi Memfis Depayni taklif etgan. Depay ham "qizil iblis" safiga qaytib kelsa, ten Xag ixtiyoridagi Niderlandiya terma jamoasi a’zolari yana bittaga ko‘payadi...

 


ISMATOV J.

Manba: planetsport.com
Kiritildi: 20:20, 24.07.2022.
O'qildi: 10502 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.