Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Viktor Kumikov: "Barchaga o‘ynash imkoniyatini berdik"

Viktor Kumikov: "Barchaga o‘ynash imkoniyatini berdik"

Baho:
+ | -

"Andijon" o‘rtoqlik uchrashuvida "Qizilqum"ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu bahsdan so‘ng andijonliklar bosh murabbiyi Viktor Kumikov o‘z fikrlarini bildirdi.

“Mazkur nazorat uchrashuvida birinchi navbatda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun barchaga o‘ynash imkoniyatini berdik. Vazifani to‘liq bajardik. G‘alabaga bo‘lgan hissiyotimiz bizga yutuq olib keldi.

“Qizilqum” haqida gapiradigan bo‘lsam, Superliga jamoasi o‘z oldiga sovrindor bo‘lishni maqsad qilgan. Yaxshi raqib. Ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi. Faqat biz yuzaga keltirgan imkoniyatlardan foydalandik.

Seleksiya ishlaridagi rejalarimiz xususida gapirsam, agar bizning futbolchilarimizdan yuqori saviyadagi ijrochi bo‘lsa, taklif qilamiz. Shunchaki, oddiy o‘yinchilarni olmaymiz. Hozircha Suhrob Berdiyev jamoamiz a’zosiga aylandi”, - dedi Kumikov.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 09:25, 25.07.2022.
O'qildi: 1299 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик