Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 20:00 Yaponiya 2-3 Avstraliya
10/04 20:00 Vyetnam 1-1 BAA
10/04 22:15 Afg‘oniston 0-2 Indoneziya
10/04 22:15 Janubiy Koreya 1-0 Yaman
11/04 22:15 Eron - Tojikiston
11/04 22:15 Ummon - KXDR
11/04 23:45 Udineze - Milan
12/04 00:00 Valensiya - Sevilya
12/04 16:30 Manchester Siti - Kristal Pelas
12/04 17:00 Real Sosyedad - Malyorka
12/04 18:00 Venetsiya - Monsa
12/04 19:00 Sautgempton - Aston Villa
12/04 19:00 Brayton - Lester
12/04 19:00 Nottingem Forest - Everton
12/04 19:15 Xetafe - Las-Palmas
12/04 21:00 Inter - Kalyari
12/04 21:30 Arsenal - Brentford
12/04 21:30 Selta - Espanyol
12/04 23:45 Yuventus - Lechche
13/04 00:00 Leganes - Barselona

"Janob assist" haqida qiziqarli faktlar

"Janob assist" haqida qiziqarli faktlar

Baho:
+ | -1

Yaqin kunlarda Mesut O‘zil hech qaysi jamoaga kerak bo‘lmayotgani haqida habarlar tarqaldi. Ajoyib iqtidor egasining faoliyati yakunida "qora" kunlar paydo bo‘ldi. Ammo O‘zil ajoyib futbolchi va uning o‘yini doim muxlislarga yoqqan. 

"Janob Assist" - muxlislar tomonidan Mesut O‘zilga qo‘yilgan laqab. Aytishim kerakki, u bunga munosib.

Mesut O‘zil Germaniya (2009-2010 yilgi mavsum), Ispaniya (2011-2012) va Angliya (2015-2016), Chempionlar ligasi (2010-2011) va UYEFA kubogi (2008-2009) chempionatlarining eng yaxshi assistenti bo‘lgan. Jahon chempionatlari (2010) va Yevropa (2012), Yevro-2012 saralash turnirida ham u eng ko‘p golli uzatma amalga oshirgan.

Mesutning akasi Mutlu O‘zil ham professional futbolchi bo‘lgan, uning faoliyati Germaniyaning quyi divizionidagi klublarda o‘tgan.

Mesut O‘zil o‘z tarjimai holida Germaniya va Turkiya terma jamoalari o‘rtasida tanlov qilish qanchalik qiyin bo‘lganini eslaydi.
“Oilam bilan maslahatlashdim, hisob 2:2 – onasi va singlisi Turkiya termasini, ota va akasi Germaniya terma jamoasida o‘ynashi kerakligini aytgan. Oxir-oqibat, tanlov meniki edi va bu mening hayotimdagi eng qiyin qaror bo‘lgan."

2018 yilning aprel oyida Yevropa Ligasi yarim finalidan o‘rin olgan “Arsenal” – “Atletiko” uchrashuvida mehmonlar muxlislaridan biri O‘zilga bir bo‘lak non uloqtirgandi. Mesut nonni olib o‘pdi, chunki ovqatni isrof qilish Islom asoslariga ziddir.

2014 yilgi Jahon kubogi g‘olibligidan tushgan mukofot pulini O‘zil 23 nafar braziliyalik bolaning operasiyalari uchun to‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Braziliya xalqiga mehmondo‘stligi uchun minnatdorchilik belgisi bo‘lgan.


O‘zil uning nomi bilan atalgan kompaniya asoschisi Enzo Ferrariga juda o‘xshaydi. Ferrari O‘zil tug‘ilishidan ikki oy oldin vafot etdi va tasavvufchilar ruhning reenkarnasiyasi haqida gapirishadi.


O‘zilning chap yelkasida “Meni faqat Xudo hukm qila oladi” yozuvi bilan sherning tatuirovkasi bor.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:48, 25.07.2022.
O'qildi: 2360 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz