Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Maksim Shaskix: "Paxtakor"da katta bo‘lganman va taklif ustida uzoq o‘ylanmadim"

Maksim Shaskix: "Paxtakor"da katta bo‘lganman va taklif ustida uzoq o‘ylanmadim"

Baho:
+ | -

"Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shaskix va chernogoriyalik himoyachi Iliya Martinovich bilan tanishtirish marosimi o‘tkazildi. Unda OAV tomonidan berilgan savollarga ham javob qaytarildi.

Shaskix: - Chempionat darajasi xalqaro maydon orqali belgilanadi. Lekin raqobat jiddiy kechmoqda. Chempionlik uchun kurashadigan jamoalar ko‘paygan. Demak, hammasi to‘g‘ri yo‘lda ketmoqda. Umuman olganda, har yili chempionatni kuzatib kelganman va hammasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilyapti deb o‘ylayman.

Klubga sport direktori sifatida kelgandim. Bu men uchun yangi ish, yangi yo‘l edi. Keyinroq «Paxtakor» Voyneski bilan xayrlashdi va meni bosh murabbiylikka taklif etdi. Bolalikdan shu yerda o‘ynaganim bois taklifga rozilik berdim. Chet elga aynan "Paxtakor"dan yo‘l olganman. Bunday taklif ustida o‘ylanib o‘tirilmaydi.

Iloji boricha har bir chiziqni, chunki raqobat bo‘lishi kerak. Raqobat bo‘lmasa, o‘sish bo‘lmaydi. Har bir pozisiyada ikki nafardan futbolchi bo‘lishi lozim. Shunda rivojlanish bo‘ladi va futbolchilar ham borini berib o‘ynashadi. Agar raqobat bo‘lmasa, ruhiy jihatdan qiyinchilik yuzaga keladi. Yana xaridlar bo‘ladi, albatta. Bizda yuqori darajali futbolchilar bo‘lishi kerak.

«Paxtakor»dek klub har bir futbolchisi bilan har yili shartnomani 1 yilga uzaytiraverishi yarashmaydi. Biz kamida 2 yoki 3 yillik kelishuvni rasmiylashtirishni yo‘lga qo‘ymoqdamiz.

Hozir boshqa avlod o‘ynamoqda. Men Lobanovskiy davrida o‘ynagan futbol bo‘lmaydi. Chunki futbol ham boshqa yo‘nalishda rivojlanib ketdi. Hozir oldingidek og‘ir yuklamalar berilmaydi. Ilgari avlod boshqa edi, ekologiya boshqacha edi. Hozirgi kunda futbolchi har qanday pozisiyada o‘ynashga moslashishi kerak.

Haqiqiy muxlislar hamisha siz bilan birga bo‘lishadi. Hech bir murabbiy har doim g‘alaba qozonmaydi. Mag‘lubiyatsiz g‘alaba ham bo‘lmaydi. Muxlislarga kelsak, bundan cho‘chimayman. Rahbariyat va muxlislar faqat g‘alabani kutishlarini bilaman. Agar nazorat qo‘limdan chiqib ketsa, jamoadan bo‘lmayman, bu aniq. Muxlislar shunchaki ishdan tashqari, 2 soatga kelib, jamoani qo‘llab-quvvatlab turishsa, hammasi zo‘r bo‘ladi. Ularga yoqadigan va zavq oladigan futbol ko‘rsatishga intilamiz.

Hamma narsaning o‘z vaqti bo‘ladi. Yangi futbolchilarni ochiqlay olmayman, to‘g‘ri tushuning. Lekin tez orada bilib olasiz.

Tan olish kerak, ekologik vaziyat va ovqatlanish tartibi o‘zgarib ketdi. Katta shaharlarda mashinalar ko‘p bo‘ladi. Bu ham katta muammo va hamma joyni muammosi. Shu va boshqa sabablar xohlaysizmi-yo‘qmi, albatta ta’sir ko‘rsatadi. Futbol atrofidagi infratuzilma ham o‘zgargan. Hozir futbolchi mashg‘ulotga keladi, unga hamma narsa muhayyo etiladi, biz o‘ynagan davrda bunday emasdi. Biroq bunga sekin-asta moslashib boramiz. Bizda yaxshi futbolchilar yig‘ilgan, jamoamiz juda ahil.

Men «Paxtakor» bosh murabbiyiman. Terma jamoa haqida o‘ylayotganim yo‘q. Albatta, ular uchun qayg‘uraman. Menda hozir termaga nisbatan bitta kichik e’tiroz bor: bilasiz, «Paxtakor» terma asosini tashkil qiladi. Shunday ekan, FIFA kunlaridan tashqari boshqa paytda futbolchilarimizni bezovta qilmasliklarini xohlagan bo‘lardim.

Martinovich: - Xayrli kun. Bu yerga kelganimdan juda xursandman. Jamoa yaxshi taassurot qoldirdi. «Paxtakor» katta klub ekanligini ko‘rib turibman. Bu tashkiliy ishlar orqali ham sezilib turibdi.

«Paxtakor» katta tarixga ega klub. Dragan Cheran va Oliver Sharkich bilan klub haqida batafsil gaplashdim va bu yerga kelishga qaror qildim. Faoliyatim davomida faqat Yevropada to‘p tepganman. «Paxtakor» 15-chempionlik sari harakat qilayotganini bilaman. Shu sababli libosda uchinchi yulduzni paydo qilishga intilamiz. Shuningdek, jamoaga OCHLda yordam bermoqchiman.

Ilk nazorat o‘yinidan taassurotlarimga kelsak, futbolchilar tezkor va texnik jihatdan kuchli ekan. O‘yin juda tezkor ravishda o‘tdi. «Nasaf»da yosh futbolchilar ko‘pligini ko‘rdim. 2-davra boshlanishiga bir hafta qoldi, astoydil tayyorgarlik ko‘ramiz.

Manba: "Пахтакор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 13:49, 25.07.2022.
O'qildi: 3095 marta.
Fikrlar: 81 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.