"Manchester Siti" sardori Kevin de Bryuyne norvegiyalik Erling Xolandning yangi mavsumdagi o‘yinidan nimani kutayotganini aytdi.
“Muxlislar Xolandning kelishidan hayajonlanishlari normal holat. U allaqachon dunyodagi eng yaxshilaridan biri. Bunday o‘yinchi bilan shartnoma imzolaganingizda, umidlar doimo yuqori bo‘ladi. Ammo Xolandda bosim bo‘lgani sezilmaydi", - deya De Bryuyne so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda "Manchester Siti" rasmiy sayti.
"Siti" 22 yoshli futbolchini shu yozda 75 million yevro evaziga sotib olgandi. Debyut uchrashuvida u "Bavariya" darvozasiga gol urdi.