Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Andijon" O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bilan nazorat uchrashuvini o‘tkazadi

"Andijon" O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bilan nazorat uchrashuvini o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan “Andijon” jamoasi oldindan rejalashtirilganidek, nazorat bellashuvlarida ham ishtirok etmoqda.

Hozirgacha “Metallurg” va “Qizilqum”ga qarshi o‘yinlar tashkil qilindi.

Oldinda esa 29 iyul kuni Tojikistonning amaldagi chempioni “Istiqlol” jamoasi bilan bahs kutmoqda.

Ammo shuni qo‘shimcha qilmoqchimizki, jamoaning nazorat uchrashuvlari soni yana bittaga ko‘paydi. 28 iyul kuni “Andijon” Ravshan Haydarov ustozlik qilayotgan O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bilan ham nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. O‘yin Chig‘atoy sport bazasida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu bahsda murabbiylar shtabi ko‘proq yosh futbolchilarga imkoniyat berishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun jamoamizning iqtidorli o‘yinchilaridan biri Sherzod Esonov ayni paytda O‘zbekiston U-20 terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashmoqda.

Manba: Андижон матбуот хизмати
Kiritildi: 16:38, 25.07.2022.
O'qildi: 1236 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик