Fransiyalik himoyachi Nordi Mukiyele "Leypsig" jamoasini tark etdi. Futbolchi allaqachon nemis klubi bilan xayrlashdi. 24 yoshli futbolchining yangi jamoasi - "PSJ".
"Leypsig", faoliyatim uchun qilgan barcha ishlaringiz uchun rahmat. Barcha klub a’zolariga katta rahmat. Murabbiylar shtabi - bu mavsumlar uchun rahmat. Men eng yaxshi tomonlarim ko‘rsatishimizga imkoniyat yaratib bergani uchun rahmat. Barchangizga rahmat. Hurmat bilan, sizning Jokeringiz, Nordi”, - deb post qoldirdi futbolchi ijtimoiy tarmoqda.
Tez orada Mukiyele "PSJ"da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng u Parij klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.