Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Shomurodov va Mourinyo ertagi yakun topmoqdami?

Shomurodov va Mourinyo ertagi yakun topmoqdami?

Baho:
+-1 | -

2019 yilda Osiyo Kubogini sharhlash uchun Joze Mourinyo taklif qilingan edi. O‘shanda murabbiy "Manchester Yunayted"dan haydalishdan uzoqlashib, ishtiyoq bilan yangi loyihaga kirishgan edi. O‘shanda u Eldor Shomurodov haqida ilk bor bilgan. Yana bir oz vaqt o‘tib va shaxsiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uni futbolchining agenti German Tkachenko tashkil qilgan.

Shunda Eldor portugaliyalik murabbiy nafaqat uni, balki uning statistikasini ham bilishidan hayratda qoldi. Esdalik sifatida ular birga selfi tushishdi. Shomurodov xursand edi, chunki u bolaligida “Chelsi”ga muxlislik qilgan Joze edi. Bir-ikki yildan keyin bu odam hujumchini bosh murabbiy sifatida tanqid qiladi deb kim ham o‘ylabdi, deysiz. Va u "Roma" rahbariyatiga uni yangi mavsumda jamoada ko‘rmayotganini ma’lum qildi.

Bu haqda Sorriere Dello Sport sayti xabar bermoqda. Ularga ko‘ra, "Roma" Valeriy Karpin juda yaxshi ko‘radigan hujumchidan qutulmoqchi, chunki Eldor yozgi mavsum oralig‘ida murabbiyni hayratga solmagan. Avvaliga klub yomon o‘tmishdan keyin futbolchiga imkoniyat bermoqchi edi. Ammo, aftidan, u buni oqlamadi. Nashrning yozishicha, Eldorning A Seriyaning boshqa klublarida ham imkoniyatlari bor. Biroq qiziqish u qadar katta emas.

Mumkin bo‘lgan ketishning asosiy omili Paulo Dibalaning kelishidir. Argentinalik futbolchi “Yuventus”ni tekinga tark etganidan keyin “Roma”ni tanlashini ko‘pchilik kutmagandi. Lekin bunda Mourino katta rol o‘ynagan. U shaxsan Dibalaga qo‘ng‘iroq qilib, yangi mavsumdagi katta vazifalar va ambisiyalar haqida gapirgan. Va u argentinalik atrofida jamoa qurishga va’da berdi. Umuman olganda, "Roma" yozgi mavsumni kuchli o‘tkazmoqda. Klub Jozening deyarli barcha talablarini qondirdi. Zeki Chelik "Lill"dan, Mile Svilar "Benfika"dan, Nemanya Matich esa "Manchester Yunayted"dan olindi. Darhaqiqat, asosiy pozisiyalar mustahkamlandi.

"Roma"ni allaqachon bir nechta futbolchilar tark etishdi, Italiyada esa Shomurodov keyingi bo‘lishi mumkinligiga ishora qilinmoqda. U uchta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi, ammo katta taassurot qoldirmadi.

O‘tgan mavsumda Shomurodov qanday o‘ynadi?

Dastlab Jekoning o‘rniga Eldorni olishdi, lekin uning o‘rnini bosa olmadi. Ko‘p narsa Mourinoning o‘zi uchun taniqli Temmi Abraham bilan shartnoma imzolagani bilan bog‘liq bo‘ldi. Shunday qilib, mavsum boshida Shomurodov ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi va shundan so‘ng u zaxira o‘rindig‘ida qoldiriladigan bo‘ldi. Umuman olganda, to‘qqiz oy ichida atigi beshta gol kiritdi. Bu Rimda undan kutilgan natija emasdi.

Norozilik yil boshidan boshlandi. "Roma" "Yuventus"dan 3:1 hisobida oldinda borayotgan bahsda Shomurodov maydonga tushdi va o‘yin 3:4 hisobida yakunlandi. Mourinyo hammani, shu jumladan, Eldorani ham qattiq tanqid qildi. "Roma" muxlislari ham taxminan bir xil kayfiyatda uni ta’riflashdi: unda iste’dod bor, lekin unga agressiv o‘yin yetishmaydi. Usiz esa Mourino jamoasida o‘ynash imkonsiz.

Bahorda Shomurodov o‘yin vaqtidan noroziligini omma oldida bildirdi.

"Roma"dagi o‘yinimdan noroziman. Men ko‘proq o‘ynashni xohlayman. Mourinyo bilan aloqam? Yaxshi. Ehtimol, avvalgidek emas, lekin hali ham yaxshi. Klub bilan shartnomam bor. Agar ko‘proq o‘ynasam, qolaman. Ammo endi menda zaxira o‘rindig‘ida o‘tirish istagi yo‘q" - deya futbolchining so‘zlarini keltirgan RomaPress.net.

Keyinchalik bu so‘zlarni ko‘pchilik noto‘g‘ri tushindi. Ammo buning asoratlari bo‘ldi. Keyingi 10 uchrashuvda forvard bor-yo‘g‘i 83 daqiqa o‘ynadi. Biroq, mavsum oxirida umid o‘chog‘i paydo bo‘ldi. Italiyada bu mashg‘ulotlardagi mashaqqatli mehnat bilan bog‘liq edi. U murabbiy e’tiboridan chetda qolmadi. Shunday qilib, mavsum oxirida bir nechta o‘yinlar va hatto "Feyenoord"ga qarshi Konferensiyalar ligasi finalida u maydonga tushdi.

Biroq, endi Eldorning “Roma”dagi hikoyasi marraga yaqin qolgandek. Variantlar kam: yo uchinchi hujumchi bo‘lib qolish yoki boshqa klublardan takliflarni ko‘rib chiqish.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 13:21, 27.07.2022.
O'qildi: 9554 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.