Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Lokomotiv" futbolchisi Fransiya chempionatiga ko‘chib o‘tmoqda

"Lokomotiv" futbolchisi Fransiya chempionatiga ko‘chib o‘tmoqda

Baho:
+ | -

Fransiyaning "Nissa" klubi yarim himoyachi Aleksis Beka-Beka uchun Moskvaning "Lokomotiv" jamoasiga 12 million yevro to‘laydi. Bu haqda "Chempionat" nashri ma’lum qildi.

Avvalroq, Beka-Beka Rossiyani tark etib, "Nissa" bilan shartnoma imzolashdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Fransiyaga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgandi. Yarim himoyachi fransuz klubining o‘rta chizig‘ini mustahkamlashdagi ustuvor maqsadi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Beka-Beka o‘tgan yozda Moskvaning "Lokomotiv" klubi futbolchisiga aylangandi. Fransiyalik 21 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsumda Rossiya Premyer-ligasida 19 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 2022/2023 yilgi mavsumda Beka-Beka Rossiya chempionatining ikkita o‘yinida maydonga tushdi.

Kiritildi: 16:34, 27.07.2022.
O'qildi: 1257 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик