Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al

Laporta: "Agar bu bizning raqiblarimizda xavotir uyg‘otayotgan bo‘lsa, demak biz to‘g‘ri yo‘ldamiz"

Laporta: "Agar bu bizning raqiblarimizda xavotir uyg‘otayotgan bo‘lsa, demak biz to‘g‘ri yo‘ldamiz"

Baho:
+ | -

"Barselona" prezidenti Joan Laporta klubning joriy mavsumdagi transfer bozoridagi muvaffaqiyati haqida fikr bildirdi. Jurnalistlar "Barselona" qanday qilib raqobatchilardan kamroq taklif qilgan holda klublar va futbolchilarning roziligini olishga muvaffaq bo‘lganiga hayron bo‘lishdi.

"Sevilya" Kundeni yaxshiroq taklif qilgan klubga sotmoqchi edi, ammo futbolchi "Barselona"ga o‘tishga qaror qildi. Bundan tashqari, u o‘z maoshini bizning imkoniyatlarimizga moslashtirdi. Agar bu bizning raqiblarimizda xavotir uyg‘otayotgan bo‘lsa, demak biz to‘g‘ri yo‘ldamiz", - dedi Kataloniya klubi prezidenti Nyu-Yorkda jurnalistlar bilan uchrashuvda.

"Barselona" yaqinda "Sevilya" klubidan Jyul Kundeni sotib olganini e’lon qildi. Bu Kataloniya klubi joriy mavsum oralig‘ida "Chelsi"ni transfer bozorida ikki marta ortda qoldirgan xaridi bo‘ldi. Oldinroq Rafinya Kataloniyaga ko‘chib o‘tgan edi.

Kiritildi: 14:11, 29.07.2022.
O'qildi: 2863 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик