Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Klublar futboli qaytmoqda. Ochilishda bizni ajoyib o‘yin kutyapti (prevyu)

Klublar futboli qaytmoqda. Ochilishda bizni ajoyib o‘yin kutyapti (prevyu)

Baho:
+ | -

 Shanba kuni Lesterdagi King Pauer stadionida ingliz futbolida ochilish o‘yini bo‘lib o‘tadi. Unda “Liverpul” va “Manchester Siti” jamoalari Angliya superkubogi qo‘lga kiritish uchun kurash olib borishadi.

Yurgen Klopp shogirdlari o‘tgan mavsumda ikkala ichki kubokni ham qo‘lga kiritishdi, “shaharliklar” esa Primyer-ligada chempion bo‘lishdi.

Klopp shogirdlari o‘tgan mavsumda "Chelsi" ustidan ikkala kubokda ham zafar quchishdi. O‘xshashlik shundaki, ikkala o‘yin ham futbol lotoreyasigacha borgan va unda “qizillar” zafar quchishgan.

Mavsumoldi o‘rtoqlik o‘yinlarida “Liverpul” ikki g‘alaba va ikki mag‘lubiyat bilan jami to‘rt o‘yin o‘tkazdi.

Manchesterliklar esa “Bavariya”ni 1-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yindagi golga Xoland mualliflik qildi. Shuningdek, jamoa “Amerika” klubini 2-1 hisobida taslim etdi. O‘sha ikki gol ham KDBga tegishli edi.

"Man Siti"ning mavsumoldi davri texnik jihatdan tugadi, ammo Gvardiola avgust oyi oxirida "Barselona" bilan ALS xayriya o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Kubok turnirlarining so‘nggi bosqichlarida "Siti" va "Liverpul" o‘rtasidagi uchrashuvlar bugungi kunda odatiy holdir va 2021-22 yilgi mavsumda "qizillar" kubokda “shaharliklarni taslim etgan edi.

"Liverpul" lazaretida yetakchilar bor va Klopp Alisson Bekker qorindagi muammo tufayli maydonga tushmasligini tasdiqladi. Diogo Jota tizzasidan olgan jarohat tufayli maydonga tusha olmaydi. Shuningdek, Kostas Tsimikas va Aleks Oksleyd-CHemberlenda ham jarohat mavjud.

Kalvin Ramsay va Kaoimxin Kellexer ham mavsum oldidan jismoniy muammolar holati yaxshi emasligi aytilgan. Shu sabab “Liverpul” posti Adrianga ishonib topshirilishi mumkin.

"Man Siti"ga keladigan bo‘lsak, Ruben Dias jarohati tufayli "Bavariya" bilan o‘yinning 57-daqiqasida almashtirilgan. Aymerik Laport esa tizzasidan jarohat olib, maydonga tusha olmagan edi.

Jon Stounz, Fil Foden va Ilkay Gyundogan triosi mavsum oldidan AQSHga bora olmadi, ammo ular endi Gvardiolaning ixtiyorida bo‘ladi. Bu esa Natan Akening maydonga tushish ehtimolini oshirib yuboradi.

Xoland birinchi o‘yinda 41 daqiqa harakat qildi, ammo, bu o‘yinda uning maydonga tushish ehtimoli Alvaresnikidan yaxshiroq, yangi kelgan Kelvin Fillips esa zaxira o‘rindida o‘tirishga rozi bo‘lsa kerak.

"Liverpul"ning tahminiy boshlang‘ich tarkibi:

Adrian; Aleksandr-Arnold, Matip, Van Deyk, Robertson; Xenderson, Fabinyo, Tiago; Salah, Firmino, Dias

"Manchester Siti"ning tahminiy boshlang‘ich tarkibi:

Ederson; Uoker, Dias, Stounz, Kanselo; Silva, Rodri, De Bryuyne; Mahrez, Xoland, Grilish

Eslatib o‘tamiz bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.  Hozircha ushbu bahsni qaysi telekanal yurtimiz bo‘ylab transliyasiya qilishi ma’lum emas.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:55, 29.07.2022.
O'qildi: 6971 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.