Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Lester" "Nyukasl"ning 40 million funtli taklifiga rad javob berdi

"Lester" "Nyukasl"ning 40 million funtli taklifiga rad javob berdi

Baho:
+ | -

"Nyukasl" "Lester" va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jeyms Meddison uchun 40 million funt taklif qildi.

The Telegraph nashrining xabariga ko‘ra, taklif juma kuni "Nyukasl" tomonidan ilgari surilgan. “Lester” kechiktirmasdan javob qaytardi va rad javobini berdi.

Agar "tulkilar" rozi bo‘lganida, Meddison braziliyalik hujumchi Joelinton bilan "Nyukasl" tarixidagi eng qimmat transferga aylangan bo‘lardi.

2018 yil iyun oyida "Norvich Siti"dan 25 million funt sterling evaziga shartnoma imzolagan Meddison "King Pauer"dagi to‘rt mavsumida juda katta muvaffaqiyatlarga erishdi.

Gap shundaki, “Lester” tarkibni kuchaytirish va moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmaslik uchun futbolchilarni sotishi kerak, shu sababli 25 yoshli angliyalik futbolchisini sotishi mumkin.

Kiritildi: 14:23, 30.07.2022.
O'qildi: 1366 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик