Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

«Neftchi» yangi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi

«Neftchi» yangi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Yozgi transfer oynasi yopilishiga bir necha soat qolganida «Neftchi» rossiyalik tajribali darvozabon bilan shartnoma imzoladi.

Yevgeniy Konyuxov jamoa bilan mavsum so‘ngiga qadar shartnoma imzoladi. Konyuxov 1986 yil 21 noyabr kuni Mura shaxrida tug‘ilgan, faoliyatining asosiy qismini Rossiya Primyer ligasining “Krilya sovetov”, “Torpedo” Moskva, “Tom” kabi ko‘zga ko‘ringan klublari orqali tanilgan.

ANDREY MISHENKO
Andrey Mishenko 1991 yilning 7 Aprelida Ukrainada tug‘ilgan. U birinchi davrani Superliga vakili Olmaliqning AGMK jamoasida o‘tkazgan edi. Endilikda markaziy ximoyachi faoliyatini “Neftchi”da davom etiradi. Mishenko jamoaga erkin agent maqomida kelib qo‘shildi va futbolchi bilan ikkinchi davra oxirigacha shartnoma imzolandi.

SALOMAT QUTTIBOYEV
Nukus shahrida tug‘ilgan tajribali futbolchii ikkinchi davrada «Neftchi»ga yordam beradi. Quttiboyev O‘zbekistonda deyarli barcha pozisiyada o‘ynashi mumkin bo‘lgan kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadi. U faolyati davomida “Mash’al”, "So‘g‘diyona”, AGMK, "Buxoro” va ”Metallurg” jamoalarida to‘p tepgan. 37 yoshli futbolchi birinchi davrani Bekabodning “Metallurg” jamoasi tarkibida o‘tkazib, 9 uchrashuvda maydonga tushgan.

ALEKSEY LARIN
Klub murabbiylar shtabi taklifiga ko‘ra, jamoamiz safiga ukrainalik Aleksey Larin kelib qo‘shildi. 28 yoshli himoyachi jamoaning ximoya chizig‘ini kuchaytirish uchun taklif etilgan. Larin bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolandi.

Aleksey Larin 04.07.1994 yilda tug‘ilgan. U birinchi davrada Superliga vakili Toshkentning “Paxtakor” jamoasida faoliyat olib bordi va musobaqa doirasida 8 uchravuvda maydonga chiqib, bir bor sariq qartochka olgan. U jamoaga erkin agent maqomida kelib qo‘shildi. Futbolchi «Neftchi» bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzoladi!

FOZIL MUSAYEV
«Neftchi» yarim himoya qo‘rg‘onini tajribali yarim himoyachi Fozil Musayev bilan to‘ldirib oldi. Fozil Musafev bugungacha milliy chempionatlarimizda «Mash’al», «Nasaf», «Lokomotiv», «Bunyodkor», «Turon» jamoalari safida, legioner sifatida xorij chempionatlarida «Sepaxon» (Eron), «Jubilo Ivata» (Yaponiya), «Al-Muayzir» (Qatar) klublarida harakat qilgan. U birinchi davrani Musayev Bekabodning “Metallurg” jamoasi tarkibida o‘tkazib, 9 uchrashuvda maydonga tushgan.

“Neftchi” PFK matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 07:53, 31.07.2022.
O'qildi: 1789 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик