Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Aleks Fergyuson "Manchester Yunayted"ga qaytdi. U Ronalduni tinchlantirishga yordam beradimi?

Aleks Fergyuson "Manchester Yunayted"ga qaytdi. U Ronalduni tinchlantirishga yordam beradimi?

Baho:
+ | -

Aleks Fergyuson "Manchester Yunayted"ga qaytdi. “Qizil iblislar”ning afsonaviy murabbiyi klub tarkibiga ishga joylashdi. Daily Mail xabariga ko‘ra, shotlandiyalik murabbiy klub bosh direktori Richard Arnoldning maslahatchisiga aylanadi.

Fergyusonga qaror qabul qilishda “Manchester Yunayted”ning sobiq sardori Brayan Robson, sobiq sport direktori Jon Murto va sobiq ijrochi direktor Devid Gill yordam beradi. Asosiy savol – buyuk mutaxassis “Manchester Yunayted” tarkibida nima qiladi va bu Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma bo‘yicha muzokaralarga qanday ta’sir qiladi ?

Aleks Fergyusonning yangi ish vazifalari

“Manchester Yunayted” bosh direktori Richard Arnold tahlil markazi tashkil etdi. Unga klubning to‘rtta afsonasini taklif qildi. Ular "Old Trafford"ni qayta qurish, Karrington klubi bazasi va muxlislar bilan aloqalar uchun javobgar bo‘ladi. Balki, “Manchester Yunayted” rahbariyati klub va muxlislar o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgani uchun shunday qadam tashlagandir. Oxirgi paytlarda muxlislar rahbarlarning turli masalalardagi qarorlaridan juda norozi.

Futbol inshootlarini rekonstruksiya qilish masalasiga kelsak, Daily Mirror nashrining yozishicha, hozirda “Manchester Yunayted” “Old Trafford” stadioni sig‘imini 75 000 dan 88 000 tomoshabinga oshirish rejasini ishlab chiqmoqda. Klub Karringtondagi mashg‘ulot bazasini yangilamoqchi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bunday ulkan loyiha “qizil iblislar”ning hozirgi qarzini ikki baravarga 500 million funt sterlingdan 1 milliard funt sterlinggacha oshirishga olib keladi. Ayni paytda “Manchester Yunayted”ga egalik qiluvchi Gleyzerlar oilasi o‘z pullarini sarflamoqchi emas.

Nafaqaga chiqqanidan so‘ng Fergyuson "MYU"da klub direktorlar kengashi a’zosi sifatida qoldi. Endi uning pozisiyasi rasmiy. fevral oyida Ed Vudvorddan bosh direktor lavozimini egallagan Richard Arnold uchun bu rag’bat. Yangi mutaxassis 26 yarim yil ichida 38 ta sovrinni qo‘lga kiritgan Fergyusonning katta futbol bilimidan foydalanish muhimligini tushundi. Arnold endi buyuk SAF tajribasidan foydalanish imkoniyatiga ega va 80 yoshli shotlandiyalik 2013 yildan beri klubda eng ko‘p ta’sirga ega inson edi.

Fergyuson Ronaldu bilan muzokaralarga ta’sir qiladimi?

Ajablanarlisi shundaki, Fergyusonning "Manchester Yunayted" rahbarlari bilan Karringtondagi birinchi uchrashuvi seshanba kuni, o‘tgan mavsumdan beri birinchi marta Krishtianu Ronaldu u yerga kelgan kuni bo‘lib o‘tdi. Klubdagi manbalarning ta’kidlashicha, sobiq murabbiy va futbolchining uchrashuvi tasodif bo‘lgan, chunki shotlandiyalikning kelishi uzoq vaqtdan beri rejalashtirilgan edi. Biroq, Ronaldu sobiq murabbiy bilan shtab-kvartirada uchrashgandan so‘ng, u bilan gaplashishni qisqa vaqtga to‘xtatdi.

Fergyusonning ish vazifalariga transferlar kirmaydi, biroq “MYU” rahbariyati undan o‘z maqsadlari uchun foydalanishi mumkin. Negaki, shotlandiyalik mutaxassisning fikri juda qimmatli va futbolchilar unga quloq solishadi.

Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, Fergyusonning borligi futbol muammolariga ta’sir qilishi muqarrar. Ehtimol, bu allaqachon o‘z rolini o‘ynagandir 29 iyul kuni Ronaldu "Rayo Valekano" bilan o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishini tasdiqladi va ijtimoiy tarmoqlardan birida: "Qirol yakshanba kuni o‘ynaydi" deb yozdi. Shotlandiyalik murabbiy portugaliyalikni bir necha daqiqa ichida Manchesterda qolishga ishontirdimi?

Kiritildi: 20:43, 31.07.2022.
O'qildi: 3707 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.