Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Erik ten Xagning olti oltin qoidasi

Erik ten Xagning olti oltin qoidasi

Baho:
+ | -

Erik ten Xag «MYU» bosh murabbiyi vakolatini bajarishga zo‘r ishtiyoq bilan kirishdi.

Niderlandiyalik mutaxassis birinchi navbatda, klub futbolchilari uchun 6ta yangi qoida joriy etdi. Barcha-barcha ularga og‘ishmay amal qilishi shart. Aks holda... To‘g‘ri, kelajagi hamon mavhum bo‘lib turgan Krishtianu Ronaldu bir qoidadan chetga chiqishga ulgurdi.

Har kuni Erik ten Xag tomonidan «Manchester Yunayted»da o‘rnatilgan tartib-qoidalar haqida yangi-yangi tafsilotlar chiqmoqda. Ten Xag qoidalari - «qizil iblislar»ning Angliyada «Manchester Siti», «Liverpul» va «Chelsi» kabi yetakchilardan qanchalik ortda qolishganini ko‘rsatadigan ko‘zgu. Murabbiyning asosiy ko‘rsatmalari mutlaqo oddiy. Xuddi «To‘pga ega chiqqaningdan so‘ng aslo hayajonlanma» kabi. Insayderlar esa uning klubda amalga tatbiq etgan qoidalarini aniqlash bilan ovoralar:

** Ten Xag futbolchilarni kiyinish xonasidan ma’lumot olib chiqadigan har qanday kishini darhol haydashi haqida qat’iy ogohlantirdi.

** Agar futbolchi mashg‘ulotlar yoki jamoaviy yig‘ilishga kechiksa, tarkibdan chetlashtiriladi. Ten Xag uchun shaxsiy obro‘ va jamoadagi maqom zarracha ahamiyatga ega emas. Shu joyda Krishtianu Ronalduga salom! Axir portugaliyalik yulduz bir necha mashg‘ulotni o‘tkazib yuborishga ulgurdi.

** Futbolchilarning o‘yin oldidan spirtli ichimlik iste’mol qilishlari qat’iyan taqiqlanadi. Bu ularning maydonga eng yaxshi jismoniy holatda tushishlarida o‘ta muhim.

** Murabbiy talabiga ko‘ra, klub oshpazlari bazada qolishlari shart. Zero, u futbolchilar klub ichiga o‘zlarining shaxsiy xizmatchilarini olib kirishlariga sira toqat qilolmaydi. Shuningdek, Karrington bazasi oshxonasi taomnomasi yangilandi. Endilikda klub oshxonasida baliq mahsulotlari sabzavotlar sezilarli darajada ko‘p bo‘ladi.

** Har bir futbolchiga alohida parhez belgilangan. Shunga muvofiq, oy yakunida massa ko‘rsatkichlari tekshirib boriladi.

** Erik Ten Xagning yana bir qoidasiga ko‘ra, qandaydir muammo tug‘ilsa, futbolchilar avvalo, agentlariga emas, balki murabbiylar shtabi yoxud shaxsan o‘ziga murojaat qilishlari kerak.

«MYU» Erik ten Xag bosh­qaruvidagi dastlabki 2ta o‘yinda 4tadan gol urdi. «Qizil iblislar» avvaliga Tailanda «Liverpul»ni 4:0 hisobida yengib, Bangkok Centuruy Cup 2022 g‘olibiga aylanishdi, keyin Avstraliyada «Melburn Viktori»dan ustun kelishdi - 4:1. Ajoyib deb­yut, faqat hozircha norasmiy darajada.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:47, 31.07.2022.
O'qildi: 4084 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.