Yarim himoyachi Riki Puch yozda “Barselona”ni tark etishi mumkin.
22 yoshli ispaniyalik futbolchi MLS klublarining e’tiborini tortdi. Unga "Los-Anjeles Gelaksi" eng ko‘p qiziqish bildirmoqda. AQSHdagi transfer oynasi 4 avgust kuni yopiladi.
Shuningdek, Puchga "Benfika", "Fiorentina" va "Fulxem" qiziqish bildirgandi.
"Barselona" o‘z navbatida bir yildan so‘ng erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirishni ko‘rib chiqmoqda.