Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Maksim Shaskix: "Muhimi g‘alaba va kamchiliklar ustida ishlaymiz"

Maksim Shaskix: "Muhimi g‘alaba va kamchiliklar ustida ishlaymiz"

Baho:
+ | -

"Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shaskix "Dinamo" bilan debyut o‘yinidan (3:2) keyin matbuot anjumanida qatnashdi.

- Biz muxlislar uchun o‘ynaymiz. O‘ylaymanki, ular bugun bizdan rozi bo‘lishdi. Ochiq futbol ko‘rdik va shunga yarasha 5 ta gol guvohiga aylandik. Bizda kamchiliklar kuzatildi. Eng muhimi, 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. O‘yinimizni batafsil ko‘rib chiqib, xatolar ustida ish olib boramiz.

Bir futbolchimizni qaydnomaga kiritishga ulgurmadik. O‘ylaymanki, keyingi bahsgacha bu masalani yechamiz. Hamrobekovni markaziy himoyada o‘ynatishga to‘g‘ri keldi. U bu chiziqda oldin ham o‘ynagan. Odil bugun ishonchni oqladi. U va boshqa futbolchilarga hech qanday e’tiroz yo‘q. Uzoq tanaffusdan keyin birinchi rasmiy uchrashuv bo‘lgani uchun hayajon sezilib turibdi.

Banashak sizlarni emas, bizni lol qoldirishi kerak. O‘yinchi sifatida undan qoniqyapman. Uning transferi bo‘yicha shaxsan o‘zim shug‘ullandim. U – haqiqiy hujumchi, Sharkich markaziy hujumchi emasdi. U orqaroqda to‘p tepardi. U o‘ynaydigan chiziqda o‘zimizda ham talaygina futbolchilar topiladi. Men u bilan gaplashdim. Oliver qolganida, zaxirada qolib ketardi va o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasdi. Yana bir bor qaytaraman, Pshemislav Banashak – haqiqiy forvard, Sharkich orqaroqda o‘ynardi.

Hamma futbolchilarimiz borini berib harakat qilishdi. O‘zingiz ko‘rdingiz. o‘yin oxirida ham juda qiyin bo‘ldi, Barchasini hayajonga bog‘lagan bo‘lardim.

Himoyadagi o‘yinimizga kelsak, 2 ta gol o‘tkazdikmi, demak, bizda muammolar bor. O‘yinni ko‘rib chiqib, xulosa chiqaramiz. O‘z maydonida gol o‘tkazishga "Paxtakor"ning haqqi yo‘q. Nafaqat uyda, balki mehmonda ham. Afsuski, "Nasaf" bilan o‘rtoqlik o‘yinidan to‘g‘ri xulosa chiqarmabmiz, standart holatda oqsadik. Bu muammoni bartaraf qilishga harakat qilamiz. Boshqa bunday xatolar takrorlanmasligi darkor.

Manba: "Пахтакор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 04:56, 02.08.2022.
O'qildi: 1534 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.