Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina 1-0 Cremonese
04/01 20:00 Everton 2-4 Brentford
04/01 20:00 Nyukasl 2-0 Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem 1-1 Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid 5-1 Betis
04/01 20:15 Fulhem 2-2 Liverpul
04/01 22:00 Verona 0-3 Torino
04/01 22:30 Malyorka 1-2 Jirona
04/01 22:30 Alaves 1-1 Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti 1-1 Chelsi
05/01 00:45 Inter 3-1 Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko
06/01 19:00 Piza - Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma

"Chelsi" Alonsoni "Barselona"ga qo‘yib yuboradi, agar 50 million funtli xaridni amalga oshira olsa

"Chelsi" Alonsoni "Barselona"ga qo‘yib yuboradi, agar 50 million funtli xaridni amalga oshira olsa

Baho:
+ | -

"Chelsi" "Brayton"ning chap qanot himoyachisi Mark Kukurellyani 50 million funtga sotib olishga yaqin turibdi.

Tomas Tuxelga futbolchining o‘yinlari yoqadi. Tuxel Ben Chiluellga chap qanotda kuchli raqib bo‘lishini xohlaydi. Qolaversa, potensial yangi futbolchidan chap markaziy himoyachi sifatida foydalanish mumkin, deb yozadi The Guardian.

"Chelsi" Kukurellyani "Xetafe"da o‘ynaganidan beri diqqat bilan kuzatib kelmoqda. Hozir klub muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanishiga umid qilmoqda. Kukurellya o‘zi rivojlanib, sovrinlar uchun kurasha oladigan jamoada o‘ynashni xohlaydi.

"Brayton" himoyaning markazida ham, chap qanotida ham o‘ynay oladigan ispaniyalik 19 yoshli Levi Koluillni shartnomaga kiritishni so‘rashi mumkin. U o‘tgan mavsumda "Xaddersfild"da ijara asosida o‘ynadi.

Agar "Chelsi" va "Brayton"ning Kukurellya borasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, London klubi Ispaniyaga qaytmoqchi bo‘lgan Markos Alonsoni "Barselona"ga qo‘yib yuboradi.

Sezar Aspilikuetaning kelajagi "Chelsi" Andreas Kristensen va Antonio Ryudiger ketganidan keyin yana bir markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashiga bog‘liq. Bu yozda London klubi Kalidu Kulibalini sotib oldi, ammo Jyul Kunde, Natan Akke va Matteys de Ligtlar uchun kurashda mag‘lub bo‘ldi.

"Chelsi" 21 yoshli himoyachi Uesli Fofanaga qiziqmoqda, biroq "Lester" 85 million funt sterlingga taklif qilishsa, uni sotishga tayyor. Londonliklar shuningdek, “Leypsig” himoyachisi Yoshko Gvardiol va “Inter” vakili Denzel Dyumfriyeslarni ham nishonga olishgan.

Kiritildi: 11:41, 02.08.2022.
O'qildi: 3877 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.